settings icon
share icon
Savol

Nima uchun Xudo, Yangi Ahddagidan ko'ra Eski Ahdda boshqacha?

Javob


Bu savolning negizida, Eski va Yangi Ahdlarda Xudoning tabiati haqida ochib beradigan asosiy tushunmovchilik mavjud. Xuddi shu asosiy fikrni ifoda etishning yana bir boshqa usuli: "Eski Ahdning Xudosi — g'azab Xudosi, Yangi Ahdning Xudosi — sevgi Xudosi". Tarixda sodir bo'lgan voqealar va odamlar bilan Xudo tomonidan bo'lgan munosabatlar tarix davomida Muqaddas Kitobda asta-sekin bizga ochilib kelinganligi haqidagi haqiqat, Eski Ahddagi Xudo bilan Yangi Ahddagi Xudoni taqqoslanganida noto'g'ri taassurot qolishiga sabab bolishi mumkin. Biroq, Eski va Yangi Ahdlar birga o'qilganda, Xudo ikkala ahdda ham boshqacha emasligi, ikkalasida ham Xudoning g'azabi va Uning sevgisi oshkor namoyon etilganligi aniq ko'rinib turadi.

Masalan, Eski Ahd davrida Xudo "mehr-shafqatli va mehribon Xudodir" deb e'lon qilinadi (Zabur 34:6; Sahroda 14:18; Qonunlar 4:31; Naximiyo 9:17; Zabur 86:5, 15; 108:4; 145:8; Yo'el 2:13).

Yangi Ahdda ham Xudoning sevgisi, mehribonligi va rahm-shafqati yanada to'liqroq namoyon bo'ladi, chunki "Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin" (Yuhanno 3:16). Eski Ahdda, biz xuddi shunday mehribon ota o'z farzandi bilan muomala qilganidek, Xudo ham Isroil xalqi bilan shunday munosabatda bo'lganini ko'ramiz. Ular bilib turib Xudoga qarshi gunoh qilib, butlarga sig'inishni boshlaganlarida, Xudo ularni jazoladi. Lekin, Xudo ularni qutqarganida, ular o'zlarining butparastligidan tavba qildilar. Xuddi shuningdek Xudo Yangi Ahddagi masihiylarga ham shunday munosabatda bo'ladi. Misol uchun, Ibroniylarga 12:6 da aytilganidek, "Zero Egamiz yaxshi ko'rgan bandasini tarbiyalaydi va farzand qilib olgan har bir odamni jazolaydi".

Shu singari, Eski Ahd davomida biz Xudoning gunohni hukm qilishini va gunohga to'kkan g'azabini ko'ramiz. Shunga o'xshab, biz Yangi Ahdda hali ham Xudoning g'azabini borligini ko'ramiz: "Barcha fosiqligu adolatsizlik ustiga samodan Xudoning qahri yog'iladi, chunki insonlar o'z adolatsizliklari bilan haqiqatga to'sqinlik qilyaptilar" (Rimliklarga 1:18). Demak, Xudo Eski Ahdda Yangi Ahddagidan ko'ra farq qilmaydi. Xudo O'z tabiatiga ko'ra o'zgarmasdir. Garchi, Muqaddas Bitikning ba'zi oyatlarida Uning tabiatining boshqa jihatlaridan ko'ra ko'proq narsani ko'rgan bo'lsak-da, Xudo O'zini o'zgartirmaydi.

Muqaddas Kitobni o'qib o'rganib chiqsak, Xudo Eski va Yangi Ahdlarda bir xil bo'lganligi aniq bo'ladi. Muqaddas Kitob ikkita (yoki ehtimol uchta) qit'ada, uchta turli tillarda, taxminan 1500 yil davomida 40 dan ortiq mualliflar tomonidan yozib qo'yilgan 66ta alohida-alohida kitoblar bo'lsa-da, qarama-qarshiliklarsiz boshidan oxirigacha yagona kitob bo'lib qolaveradi. Bu yerda mehribon, rahmdil va adolatli Xudo har turli vaziyatlarda gunohkor insonlar bilan qanday munosabatda bo'lganini ko'ramiz. Darhaqiqat, Muqaddas Kitob — Xudoning insoniyatga bo'lgan sevgi maktubidir. Xudoning yaratgan ijodiga, ayniqsa insoniyatga bo'lgan sevgisi, Muqaddas Bitik orqali aniq ko'rinib turibdi. Muqaddas Kitobda, Xudo sevgisi va rahm-shafqati bilan odamlarni O'zi bilan maxsus munosabat qilishga chaqirgani, ular bunga loyiq bo'lgani uchun emas, Xudo mehribon va rahm-shafqatli bo'lgani, sabr-toqatli va mehribon hamda haqiqatga mo'l ko'l bo'lgan Xudo ekanligi uchun chaqirdi. Biroq, biz, Uning Kalomiga itoatsizlik qiladigan va Unga topinishdan bosh tortib o'zlari yaratgan xudolariga sajda qilganlarga hakamlik qilgan (Rimliklarga 1-bob) muqaddas va solih Xudoni ham ko'ramiz.

Xudoning solihligi va muqaddas fe'l-atvori tufayli hamma gunohlar, o'tmishdagi, hozirgi va kelajakdagi gunohlar hukm qilinishi kerak edi. Biroq, Xudo, cheksiz sevgisida, gunohkor uchun to'lovni va yarashuv usulini taqdim etdi, shundagina gunohkor g'azabdan qochib qutulishi mumkin edi. Ushbu ajoyib haqiqatni 1Yuhanno 4:10ga o'xshash oyatlarda ko'rishimiz mumkin: "Haqiqiy sevgi — bizning Xudoga bo'lgan sevgimiz emas, balki Xudoning bizga ko'rsatgan sevgisidir. Zero, Xudo bizni gunohlarimizdan poklash uchun O'z O'g'lini qurbon qildi". Eski Ahdda Xudo qurbonlik qilish tartibini taqdim etdi va shu orqali gunohni yuvish mumkin edi. Biroq, bu qurbonlik faqatgina vaqtinchalik edi va faqat Iso Masih kelib, xochda o'lishiga umidvor bo'lib, gunoh uchun qurbonlikni butunlay o'zgartirishni amalga oshirdi. Eski Ahdda va'da qilingan Najotkor, Yangi Ahdda to'liqligicha ochib berildi. Faqat, Eski Ahddagi Xudo sevgisining yakuniy ifodasi, Uning O'g'li Iso Masihni yuborishi, Yangi Ahddagi barcha ulug'vorligida ochib berilgan. Eski Ahd va Yangi Ahd ham "biz dono bo'lishimiz, najot topishimiz" uchun berilgan (2 Timo'tiy 3:15). Biz Ahdlarni diqqat bilan o'rganib chiqqanimizda, Xudo "o'zgaruvchan ko'lankalar kabi o'zgarmasligi" aniq ko'rinadi (Yoqub 1:17).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun Xudo, Yangi Ahddagidan ko'ra Eski Ahdda boshqacha?
© Copyright Got Questions Ministries