settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitob bir jinsli nikoh haqida nima aytadi?

Javob


Garchi, Muqaddas Kitob gomoseksualizm haqida gapirsa-da, unda bir jinsli nikohni aniq ko'rsatmaydi. Biroq, Muqaddas Kitob gomoseksualizmni axloqsiz va g'ayritabiiy gunoh deb qoralaydi. Levilar 18:22 da, gomoseksual jinsiy aloqani jirkanch, qabih gunoh deb tasvirlaydi. Rimliklarga 1:26-27 oyatlarda, uyat, g'ayritabiiy, shahvoniy va sharmandali gomoseksual istaklar va harakatlarni e'lon qiladi. 1 Korinfliklarga 6:9 da, gomoseksual istaklar va harakatlar noto'g'ri ekanligini va ular Xudoning Shohligini meros qilib olmasliklarini aytadi. Muqaddas Kitobda, gomoseksual istaklar va harakatlar hukm qilinganligi sababli, bir jinsli nikoh Xudoning irodasi emas va aslida bu gunoh bo'ladi.

Muqaddas Kitobda nikoh haqida gap ketganda, bu erkak va ayol o'rtasida bo'ladi. Ibtido 2:24 da ilk nikoh haqida, erkak kishi o'z ota-onasini qoldiradi va xotini bilan bir tan bo'ladi deb eslatib o'tadi. Muqaddas Kitob, nikoh haqidagi 1 Korinfliklarga 7:2-16 va Efesliklarga 5:23-33 kabi ko'rsatmalar mavjud bo'lgan maktublarda nikohni erkak va ayol o'rtasidagi munosabatlar sifatida aniq belgilaydi. Muqaddas Kitob asosi bilan gapirganda, nikoh, birinchi navbatda, oila qurish va bu oila uchun barqaror muhitni ta'minlash maqsadida, erkak va ayolning umrbod ittifoqidir.

Biroq, bu nikohni tushunish uchun faqatgina Muqaddas Kitobdan foydalanish shart emas. Muqaddas Kitobning nikoh haqidagi nuqtai nazari jahon tarixidagi har bir inson, dunyo madaniyatining umumiy tushunchasidir.Tarix bir jinsli nikohga qarshi chiqadi. Zamonaviy dunyoviy psixologiya, erkak va ayolning psixologik va hissiy jihatdan bir-birini to'ldirish uchun mo'ljallanganligini tan oladi. Oilaga kelsak, psixologlar, har ikkala turmush o'rtog'lar namunali rol andozalari sifatida erkak va ayol o'rtasidagi ittifoq yaxshi moslangan va bolalarni tarbiyalash uchun eng yaxshi vosita deb ta'kidlashadi. Psixologiya bir jinsli nikohlarga qarshi chiqadi. Shubhasiz, o'z tabiati va jismoniy xarakterga ko'ra, erkaklar va ayollar jinsiy aloqada bir-biriga "mos" bo'lish uchun yaratilgan. Jinsiy aloqaning "tabiiy" maqsadi ko'payishdir, chunki faqat erkak va ayol o'rtasidagi jinsiy munosabatlar bu maqsadni amalga oshirishi mumkin. Tabiat bir jinsli nikohga qarshi turadi.

Shunday qilib, agar Muqaddas Kitob, tarix, psixologiya va tabiat erkak va ayol o'rtasidagi nikoh uchun ovoz bergan bo'lsa-da, unda nega bugungi kunda bunday kelishmovchilik mavjud? Nima uchun bir xil jinsdagi nikohlarga qarshi bo'lganlar, bu muxolifatga qanchalik hurmat ko'rsatilishidan qat'iy nazar, jirkanch, kamsituvchi muxlislar deb hisoblaydilar. Nima uchun gomoseksuallarning huquqlarini himoya qilish harakati bir xil jinsdagi nikohlarni talab qiladi, chunki ko'pchilik odamlar diniy va diniy bo'lmagan kishilarni qo'llab-quvvatlaydi — yoki, hech bo'lmaganda, bir jinsli juftlarga qarshi turish, er-xotinlik guvohnomasi bilan turmush qurgan juftliklar bilan bir xil qonuniy huquqlarga ega bo'lish ehtimoli kamroqmi?

Muqaddas Kitobga binoan, javob shuki, har bir kishi gomoseksualizm axloqsiz va g'ayritabiiy ekanligini biladi va bu tushunchani bartaraf etishning yagona yo'li gomoseksualizmni normallashtirish va uning har qanday qarshiligiga qarshi kurashishdir. Gomoseksualizmni normallashtirishning eng yaxshi usuli, qarama — qarshi jinslar o'rtasidagi an'anaviy nikoh bilan bir jinsli nikohlarni bir darajaga qo'yishdir. Rimliklarga 1:18-32 da buni tasvirlab beradi. Haqiqat mavjud, chunki Xudo buni izohlab berdi. Haqiqat rad etilib, yolg'on bilan almashtiriladi. Keyin yolg'on tarqaladi va haqiqat bostiriladi va hujumga duchor bo'ladi. Bachchaboz harakati ishtirokchilarining ko'pchiligi ularga qarshi turadiganlarga g'azab va jahlni boshdan kechirishadi, chunki ular o'z vaziyatlarini himoya qilib bo'lmasligini bilishadi. Ovozingizni kuchaytirib, zaif vaziyatni yengishga urinish eng qadimgi qiliqdir. Bachchabozlarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha, Rimliklarga 1:31 oyatga qaraganda zamonaviy dasturning aniq ta'rifi yo'q: "ular mulohaza qilmaydigan, makkor, yoqimsiz, murosasiz, shafqatsiz".

Bir jinsli nikohni tasdiqlash, gomoseksual turmush tarzini ma'qullashni anglatadi, buni Muqaddas Kitob gunoh sifatida aniq va qat'iy ravishda hukm qiladi. Masihiylar, bir jinsli nikoh tushunchasiga mustahkam qarshi turishlari kerak. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobdan butunlay farq qiladigan jinsiy nikohlarga qarshi kuchli va mantiqiy dalillar mavjud. Nikoh faqat erkak va ayol o'rtasida ekanligini tushuntirish uchun xushxabarchi Masihiy bo'lish shart emas.

Muqaddas Kitobga binoan, Xudo erkak va ayol o'rtasidagi nikohni oldindan belgilab qo'ydi (Ibtido 2:21-24; Matto 19:4-6). Bir jinsli nikoh-bu belgilangan nikohning buzilishi va nikohni yaratgan Xudoni haqorat qilishdir. Masihiylar sifatida, biz gunoh bilan kelishmasligimiz yoki gunohga e'tiborsizlik qilmasligimiz kerak. Aksincha, biz Xudoning sevgisini va Iso Masih orqali hamma uchun mavjud bo'lgan, shu jumladan, gomoseksuallarning ham gunohlari kechirilishi haqida bo'lishishimiz kerak. Biz, sevgida haqiqatni gapirishimiz kerak (Efesliklarga 4:15) va "muloyim va hurmat bilan" haqiqat uchun kurashishimiz kerak (1 Butrus 3:15). Masihiylar sifatida, biz haqiqatni qo'llab-quvvatlashimiz natijasida, biz hujumga, haqorat va quvg'inga duch kelsak, biz Isoning so'zlarini yodda tutishimiz kerak: "Agar dunyo sizlardan nafratlanayotgan bo'lsa, bilingki, sizlardan ilgari Mendan nafratlangan. Sizlar bu dunyoga tegishli bo'lganingizda edi, dunyo sizlarni o'ziniki kabi sevar edi. Sizlar esa bu dunyoga tegishli emassizlar. Men sizlarni bu dunyodan tanlab oldim. Ana shu sababdan dunyo sizlardan nafratlanadi" (Yuhanno 15:18-19).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitob bir jinsli nikoh haqida nima aytadi?
© Copyright Got Questions Ministries