Nima uchun Xudo Adan bog'ida yaxshi va yomonni bilish daraxtini joylashtirdi?


Savol: Nima uchun Xudo Adan bog'ida yaxshi va yomonni bilish daraxtini joylashtirdi?

Javob:
Xudo, Adan bog'ida yaxshi va yomonni bilish daraxtini Odam Ato va Momo Havoni Unga itoat qilishni yoki itoat qilmaslikni tanlab olish uchun qo'ydi. Odam Ato va Momo Havo yaxshi va yomonni bilish daraxtidan yeyishdan tashqari, xohlagan narsani qilish erkiga ega edilar. Ibtido 2:16-17 da, "Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: "Sen bog'dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol tanovvul qilaver. Lekin yaxshilik va yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, shubhasiz, o'lasan. Agar, "Xudo Odam Ato va Momo Havoga tanlov bermasa, aslida ular dasturlashtirilgan narsalarni qiladigan robotlar bo'lar edi. Xudo Odam Ato va Momo Havoni "erkin" mavjudot sifatida yaratdi, ular qarorlarni qabul qilib, yaxshi va yomonni tanlashga qodir edilar. Odam Ato bilan Momo Havo chindan ham ozod bo'lishlari uchun, tanlovga ega bo'lishlari kerak edi.

Na daraxtda, na uning mevasida aslida yomon narsa yo'q edi. Mevaning o'zi Odam Ato va Momo Havoga boshqa bilimlarni berishi ehtimoldan yiroq emas. Ya'ni, jismoniy meva S vitamini va ba'zi foydali tolalarni o'z ichiga olgan bo'lishi mumkin, ammo u ruhiy jihatdan to'yimli emas edi. Biroq, itoatsizlik harakati ruhiy jihatdan zararli edi. Bu gunoh Odam Ato va Momo Havoning ko'zlarini yovuzlikka ochdi. Birinchi marta ular yomon bo'lishni, uyatga qolishni va Xudodan yashirinishni xohlaganlarini angladilar. Xudoga bo'ysunmaslik gunohlari, ularning hayotiga va dunyoga parchalanish olib keldi. Xudoga bo'ysunmaslik harakati sifatida mevani tatib ko'rishlari, Odam Ato va Momo Havoga yovuzlik haqida ma'lumot berdi va ular yalang'ochligini bilishdi (Ibtido 3:6-7).

Xudo, Odam Ato bilan Momo Havoning gunoh qilishini xohlamadi. Xudo gunohning oqibatlari qanday bo'lishini oldindan bilar edi. Xudo, Odam Ato bilan Momo Havo gunoh qilib, dunyoni yomon, azob-uqubatlar va o'limga olib kelishini bilar edi. Nima uchun Xudo, shaytonga Odam Ato va Momo Havoni vasvasaga solishga ruxsat berdi? Xudo, shaytonni Odam Ato va Momo Havoni tanlov qilish uchun vasvasaga solishiga yo'l qo'ydi. Odam Ato va Momo Havo o'z xohishi bilan Xudoga itoat qilmaslikka va ta'qiqlangan mevani yeyishga qaror qilishdi. Natijalar — yovuzlik, gunoh, azob-uqubat, kasallik va o'lim — bu dunyoni ta'qib qilgan. Odam Ato bilan Momo Havoning qarorlari, har bir inson gunohkor tabiat va gunohga moyil bo'lib tug'ilishiga olib keladi. Odam Ato va Momo Havoning qarori, oxir-oqibatda, Iso Masih xochda o'lishini va biz uchun qonini to'kishini talab qildi. Masihga ishonish orqali biz gunohning oqibatlaridan va oxir-oqibat gunohdan ozod bo'lishimiz mumkin. Keling, Rimliklarga 7:24-25 da havoriy Pavlusning so'zlarini takrorlaylik: "Oh, men sho'rlik odam! O'lim soyasi ostidagi bu ahvolimdan kim meni qutqarar ekan? Xudoga shukr! Rabbimiz Iso Masih orqali U bizni qutqaradi! Xullasi kalom, men ongim bilan Xudoning qonuniga qul bo'lsam-da, bashariy tabiatim gunoh qoidasiga quldir."

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun Xudo Adan bog'ida yaxshi va yomonni bilish daraxtini joylashtirdi?