Men ajrashganman. Muqaddas Kitobga binoan yana turmush qurishim mumkinmi?


Savol: Men ajrashganman. Muqaddas Kitobga binoan yana turmush qurishim mumkinmi?

Javob:
Biz tez-tez "Men bir sababga ko'ra ajralganman. Yana turmush qurishim mumkinmi?" "Men ikki marta ajrashdim — birinchi marta nikohim sadoqatsizligi tufayli, ikkinchisi — mos kelmaganligimiz tufayli. Men, uch marotaba ajirashgan: birinchisi — mos kelmaslikdan, ikkinchisi — uning zinosi tufayli, uchinchisi — xotinining zinosi tufayli ajrashgan odam bilan uchrashaman. Biz turmush qurishimiz mumkinmi?" kabi savollarga duch kelamiz. Bunday savollarga javob berish juda qiyin, chunki Muqaddas Kitob ajralishdan keyin qayta nikoh qurish uchun turli xil holatlar haqida batafsil ma'lumotlar bermagan.

Nimaga ishonch hosil qilishni bilishimiz mumkin, bu turmush o'rtoqlar tirikligida o'z nikohini saqlab qolishlari, er-xotin uchun Xudoning rejasidir (Ibtido 2:24; Matto 19:6). Ajralishdan keyin, qayta nikoh qurish uchun yagona maxsus ruxsat bu zinodir (Matto 19:9) va hatto bu masihiylar orasida ham muhokama qilinadi. Yana bir imkoniyat—imonsiz er imonli turmush o'rtog'ini tark etganda (1Korinfliklar 7:12-15). Biroq, bu parcha, ayniqsa, qayta nikohga taalluqli emas, balki faqat nikohda bo'lish majbur. Jismoniy, jinsiy yoki kuchli hissiy zo'ravonlik hollari ajralish uchun yetarli sabab bo'lishi mumkin, ammo Muqaddas Kitobda bu gunohlar ajralish yoki qayta nikoh to'grisida parchalarda aytilmaydi.

Biz aniq ikki narsani bilamiz. Xudo ajralishdan nafratlanadi (Malaki 2:16) va Xudo rahmdil va kechirimli. Har bir ajralish gunohning natijasidir, yoki er-xotinlardan biri yoki ikkalasi ham. Xudo ajralishni kechiradimi? Albatta! Ajralish boshqa har qanday gunohdan kam emas. Barcha gunohlar kechirilishi Iso Masihga ishonish orqali mavjud (Matto 26:28; Efesliklarga 1:7). Agar Xudo ajralish gunohini kechirsa, bu sizning qayta nikohingiz uchun ozod bo'lganingizni anglatadimi? Shartli emas. Xudo ba'zan odamlarni yolg'iz qolishga chaqiradi (1 Korinfliklarga 7:7-8). Yolg'iz bo'lish la'nat yoki jazo sifatida emas, balki butun qalb bilan Xudoga xizmat qilish imkoniyati sifatida qaralishi kerak (1 Korinfliklarga 7:32-36). Xudoning Kalomi bizga tana xohishlari bilan yonishdan ko'ra turmush qurish yaxshiroq ekanini aytadi (1 Korinfliklarga 7:9). Ehtimol, bu ba'zan ajralishdan keyin ikkinchi nikohga tegishlidir.

Shunday qilib, ikkinchi marta turmush qurishingiz kerakmi yoki yo'qmi? Biz bu savolga javob bera olmaymiz. Oxir-oqibat, bu siz, potentsial turmush o'rtog'ingiz va eng muhimi, Xudo bilan o'rtangizdagi qaroringizdir. Biz beradigan yagona maslahat — bu siz xohlagan narsalar haqida donolik uchun Xudoga ibodat qilishdir (Yoqub 1:5). Ochiq fikr bilan ibodat qiling va chin dildan Rabbiydan yuragingizga O'z istaklarini solishini so'rang (Zabur 37:4). Rabbiyning irodasini izlang (Hikmatlar 3:5-6) va uning ko'rsatmalariga rioya qiling.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Men ajrashganman. Muqaddas Kitobga binoan yana turmush qurishim mumkinmi?