settings icon
share icon
Savol

Abadiy xavfsizlik – bu gunoh uchun "ruxsatnomami"?

Javob


Abadiy xavfsizlik haqidagi ta'limotga eng ko'p e'tiroz shundaki, u, ehtimol, odamlar xohlagan tarzda yashashi va qutqarilishi uchun imkon beradi. Bu "texnik jihatdan" to'g'ri bo'lishi mumkin, ammo aslida bunday emas. Iso Masih tomonidan haqiqatdan qutqarilgan kishi doimiy, qasddan gunoh qiladigan hayotga ega bo'lmaydi. Biz masihiylar qanday yashash kerakligini va najot topish uchun nima qilish kerakligini farqlashimiz kerak.

Muqaddas Kitobda najot faqat imon orqali, faqat Iso Masih inoyati orqali ekanligi aytiladi (Yuhanno 3:16; Efesliklarga 2:8-9, Yuhanno 14:6). Inson haqiqatdan ham Iso Masihga ishongan paytda, u najot topadi va bu najotga ishonadi. Najotga faqatgina imon orqali erishilmaydi, lekin keyinchalik ham hayrli ishlar bilan qo'llab-quvvatlaydi. Havoriy Pavlus bu masalaga Galatiyaliklarga 3:3 ga binoan murojaat qiladi: "Sizlar shunchalik befahmmisizlar? Ruh qudrati bilan yangi hayot boshlagan ekansiz, endi uni o'z insoniy kuchingiz bilan kamolga yetkazmoqchimisiz?" Agar biz imon orqali qutqarilsak, najotimiz ham saqlanib qoladi va imon orqali ta'minlanadi. Biz o'z najotimizga loyiq bo'la olmaymiz. Huddi shuningdek, biz najotni qutqarilishimiz uchun ishlab to'layolmaymiz. Bizning najotimizni saqlaydigan Xudodir (Yahudo 24). Bu bizni Xudoning qo'lida mahkam ushlab turgan Xudoning qo'lidir (Yuhanno 10:28-29). Bu Xudoning sevgisidir, undan hech narsa bizni ajrata olmaydi (Rimliklarga 8:38-39).

Abadiy xavfsizlikni inkor etish — biz o'zimizning najotimizni yaxshi ishlarimiz va harakatlarimiz bilan qo'llab-quvvatlashimiz kerak, degan ishonchdir. Bu inoyat orqali topadigan najotning butunlay teskarisidir. Biz o'zimizning emas, Masihning sharofati bilan qutqarilamiz (Rimliklarga 4:3-8). Xudoning Kalomiga bo'ysunish yoki najotimizni saqlab qolish uchun xudojo'y hayot kechirishimiz kerakligini ta'kidlab, Isoning o'limi bizning gunohlarimiz uchun jazoni to'lashga yetarli emas, degandek jaranglaydi. O'tgan, hozirgi va kelajakda, najot topganimizdan oldin va keyin bizning barcha gunohlarimiz uchun Isoning o'limining o'zi mutlaqo kifoya (Rimliklarga 5:8; 1Korinfliklarga 15:3, 2 Korinfliklarga 5:21).

Bu, masihiylar xohlagan uslubda yashashi va shunda ham najot topishi mumkin deganimi? Bu, aslida, taxminiy savoldir, chunki Muqaddas Kitobda chinakam masihiy «xohlagan uslubda» yashamasligi aniq ko'rsatilgan. Masihiylar — yangi ijoddir (2 Korinfliklarga 5:17). Masihiylar tana harakatlarini emas (Galatiyaliklarga 5:19-21), balki Ruhning samaralarini namoyon qiladilar (Galatiyaliklarga 5:22-23). Birinchi Yuhanno 3:6-9 oyatlarida haqiqiy masihiyning doimiy gunohda yashamasligi aniq ko'rsatilgan. Ayblashga javoban, inoyat fazosi gunohga sabab bo'lganligi uchun, havoriy Pavlus: "Xo'sh, nima deylik? Inoyat ko'payaversin, deb gunoh qilishda davom etaveramizmi? Yo'q, aslo! Biz gunoh uchun o'lganmiz. Endi qanday qilib gunoh qilib yashayveramiz?" – degan (Rimliklarga 6:1-2).

Abadiy xavfsizlik gunoh uchun ruxsatnoma emas, aksincha, bu Masihga ishonadiganlarga Xudoning sevgisi kafolatlangan ishonchdir. Xudo najotining buyuk in'omini bilish va tushunish, gunohga ruxsat berishga ziddir. Qanday qilib Iso Masih biz uchun to'lagan to'lovini bila turib, gunohkorona hayotni davom ettirish mumkin (Rimliklarga 6:15-23)? Imonlilar uchun Xudoning so'zsiz va kafolatli sevgisini tushunadigan kishi bu sevgini qabul qilib, uni Xudoning yuziga qaytarib tashlab qo'yishi mumkin? Bunday kishiga abadiy xavfsizlik, unga gunoh qilish huquqini berdi, lekin u Iso Masih orqali haqiqiy najotni boshdan kechirmadi. "Masih bilan yashagan har bir odam gunohdan yuz o'giradi. Gunoh qilib yurgan odam esa, Masihni ko'rmagan ham, tanimagan ham" (1Yuhanno 3:6).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Abadiy xavfsizlik – bu gunoh uchun "ruxsatnomami"?
© Copyright Got Questions Ministries