settings icon
share icon
Savol

Qanday qilib biz Xudoning farzandi bo'la olamiz?

Javob


"Uni qabul qilganlarning hammasiga esa, Unga imon keltirganlarga, U Xudoning farzandi bo'lish huquqini berdi" (Yuhanno 1:12).

Biz "yuqoridan tug'ilishimiz" kerak.
Yahudiy oqsoqoli Nikodim Isoning huzuriga tashrif buyurganida, Undan osmon haqidagi va'dalarini eshitmadi. Buning o'rniga, Masih dedi: "Sizga chinini aytay: qaytadan tug'ilmagan bironta odam Xudoning Shohligini ko'rolmaydi" (Yuhanno 3:3).

Tug'ilganda, bola ota-onasidan, Adan bog'idagi Odam Atoning itoatsizligidan kelib chiqqan gunohkor tabiatga ega bo'ladi. Hech kim bolani gunoh qilishga o'rgatishi shart emas. Tabiiyki, u yolg'on, o'g'irlik va nafratga olib boradigan o'zining noto'g'ri istaklariga amal qiladi. Xudoning farzandi bo'lish o'rniga, u itoatsizlik va g'azabning bolasi bo'ladi.

"Sizlar bir vaqtlar gunohlaru ayblaringiz tufayli ruhan o'lik edingizlar. Sizlar bu dunyoning odatlari bo'yicha, yovuz ruhiy kuchlarning hokimi bo'lgan shaytonga bo'ysunib, gunohga botib yashardingiz. Xudoga itoat qilmay yashayotganlarning yuraklarida amal qilayotgan — shayton. Biz ham bir vaqtlar xudbin istaklarimizni qondirib yashar edik. Tananing ehtiroslari va bema'ni o'y–xayollarga berilib yashaydigan, barcha odamzod kabi tabiatan Xudoning qahr– g'azabiga loyiq bo'lgan itoatsiz insonlar edik" (Efesliklarga 2:1-3).

Biz, Xudodan abadiy ajralishga, jahannamga tushishga loyiqmiz. Yaxshiyamki, Muqaddas Kitob davom etadi: "Ammo mehr–shafqatga boy Xudo O'zining bizga bo'lgan buyuk muhabbatini quyidagicha ko'rsatdi: Garchi biz gunohlarimiz tufayli ruhan o'lik bo'lsak ham, Xudo bizni Masih bilan birga tiriltirdi. Biz Xudoning inoyati tufayli qutqarilganmiz" (Efesliklarga 2:4-5).

Biz Masih bilan qanday birlashamiz, yuqoridan tug'ilib, Xudoning bolalari bo'lamiz? Biz, Isoni qabul qilishimiz kerak!

Isoni qabul qilish
"Uni qabul qilganlarning hammasiga esa, Unga imon keltirganlarga, U Xudoning farzandi bo'lish huquqini berdi" (Yuhanno 1:12). Bu parchada, qanday qilib Xudoning bolalari bo'lishimizni tushuntiradi. Biz imon orqali Isoni qabul qilishimiz kerak. Nimaga aniq ishonishimiz kerak?

Birinchidan, Iso inson bo'lgan, Xudoning abadiy O'g'li ekanini tan olishimiz kerak. U, Maryamdan Muqaddas Ruhning kuchi bilan tug'ilgan va Odam Atoning gunohkor tabiatini meros qilib olmagan. Shuning uchun, U ikkinchi Odam deb ataladi (1 Korinfliklarga 15:22). Bir Odam Atoning itoatsizligi butun dunyoga la'nat keltirdi, Shuning uchun, Masihning gunohsiz hayoti, hammamizni gunohkor hayotdan qutqarishi mumkin. Bizning javobimiz, tavba qilish, gunohdan imonga yuz birish, Uning mukammal hayoti bizni poklashi kerak.

Ikkinchidan, biz Najotkor sifatida Isoga ishonishimiz kerak. Xudoning rejasi, biz uchun munosib bo'lgan jazo – o'limga, xochda qurbonlik qilish uchun Uning mukammal O'g'lini olib kelish edi. Masihning o'limi, Uni qabul qilganlarni gunohning jazosidan va kuchidan ozod qiladi.

Nihoyat, biz Masihga Rabbimiz sifatida ergashishimiz kerak. Gunoh va o'limdan g'alaba qilgan Masih tirilgandan so'ng, Xudo Unga hamma narsa uztidan kuch berdi (Efesliklarga 1:20-23). Iso, Uni qabul qilgan har bir kishi uchun boshdir va Uni rad etganlar uchun hakamdir (Havoriylar 10:42).

Xudoning inoyati orqali, tavba qilish va Najotkor va Rabbiyga bo'lgan ishonch bilan, biz Xudoning farzandlari sifatida yangi hayotda qayta tug'ilganmiz. Faqat Isoni qabul qilganlar – faqat U haqida bilibgina qolmay, balki najot uchun Unga tayanadigan, Rabbiyga bo'ysunadigan va Uni sevadiganlar – Xudoning farzandi bo'ladi.

Xudoning farzandi bo'lish
"Uni qabul qilganlarning hammasiga esa, Unga imon keltirganlarga, U Xudoning farzandi bo'lish huquqini berdi. Ular na tana xohishidan, na er xohishidan, tabiiy yo'l bilan emas, balki Xudodan tug'ilgan farzandlardir" (Yuhanno 1:12-13).

Jismoniy tug'ilishimizga aloqador bo'lmaganimiz kabi, biz Xudoning oilasida mustaqil ravishda tug'ilishimiz, yaxshi ishlar qilishimiz yoki o'z imonimizni shakllantirishimiz mumkin emas. Yuqoridagi oyatlarda ko'rsatilgandek, Xudo O'z irodasiga ko'ra "huquq bergan". "Qaranglar, Otamiz Xudo bizni farzandlarim deb, qanday buyuk bir sevgini ko'rsatdi! Haqiqatan ham, biz Uning farzandlarimiz" (1 Yuhanno 3:1). Shunday qilib, Xudoning bolalari Egamizdan boshqa, hech narsa bilan faxrlanmaydi (Efesliklarga 2:8-9).

O'sib borayotgan bola ota-onasiga o'xshaydi. Xuddi shunday, Xudo O'zining farzandlari Iso Masihga ko'proq va ko'proq o'xshash bo'lishlarini xohlaydi. Faqat osmonda biz mukammal bo'lamiz, Xudoning bolalari har doim gunoh qilavermaydi. "Aziz bolalarim, hech kim sizlarni aldamasin. Adolatli ish qiluvchi har qanday odam xuddi Masih singari odildir. Gunoh qiluvchi esa iblis zotidandir. Chunki iblis azaldan gunoh qilib kelyapti. Ammo Xudoning O'g'li iblisning ishlarini barbod qilish uchun keldi. Xudoning bolalari gunoh qilmaydi, chunki Xudoning hayotbaxsh kuchi ularning ichidadir. Ular Xudoning bolalari bo'lganlari uchun gunohda yashamaydilar. Demak, iblis bolalari bilan Xudo bolalarining farqi shunda: adolatli ish qilmagan va o'z birodarini sevmagan odam Xudodan emas" (1 Yuhanno 3:7-10).

Noto'g'ri tushunmang – agar u gunoh qilsa, Xudo O'z bolasidan voz kechmaydi. Lekin gunoh qilgan kishi (ya'ni, doimo gunohdan mamnun, Masihga va Uning Kalomiga ergashishga intilmaydigan), u hech qachon yuqoridan qayta tug'ilmaganligini ko'rsatadi. Iso bunday odamlarga shunday dedi: "Sizlarning otangiz Xudo emas, iblisdir. Sizlar o'z otangizning nafsu ehtiroslarini bajo qilishni xohlaysizlar" (Yuhanno 8:44). Boshqa tomondan, Xudoning farzandlari gunohdan qoniqishga intilmaydilar, balki Otalarini bilish, sevish va ulug'lashni istaydilar.

Xudoning farzandlari bo'lish nimani anglatishini baholash mumkin emas. Xudoning farzandlari sifatida biz Uning oilasi (jamoat) ning bir qismi bo'lamiz, bizga osmonda uy va'da qilinadi, biz Xudoga Otamiz sifatida ibodat qilish huquqiga egamiz (Efesliklarga 2:19; 1 Butrus 1:3-6; Rimliklarga 8:15). Gunohlardan tavba qilish va Iso Masihga ishonish uchun Xudoning chaqirig'iga javob bering. Bugungi kunda Xudoning farzandi bo'ling!

Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Qanday qilib biz Xudoning farzandi bo'la olamiz?
© Copyright Got Questions Ministries