Savol
Kim Xudoni yaratgan? Xudo qayerdan kelgan?
Javob
Ateistlar va shubhalanuvchilarning umumiy bahsi shundan iboratki, agar hamma narsalarning sababi bo'lsa, unda Xudoga ham sabab kerak. Xulosa shuki, agar Xudo sababga muhtoj bo'lsa, unda Xudo — Xudo emas (va agar Xudo — Xudo bo'lmasa, albatta unda Xudo yo'q). "Xudoni kim yaratdi?" bu asosiy savolning murakkab bir shaklidir. Har bir narsa hech narsasiz kelib chiqmasligini hamma biladi. Demak, agar Xudo "biror narsa" bo'lsa, unda uning sababi bo'lishi kerak, to'g'rimi?
Savol qiyindir, chunki u hato taxmindan olinadi, Xudo qayerdandir keldi, so'ngra qayerda bo'ishi mumkin deb so'raydi. Javob, savol hatto ma'noga ega emas deb hisoblaydi. Bu "Ko'k rang qanday hid beradi?" kabi savolga o'xshaydi. Hidga ega bo'lmagan ko'k rang, narsalar toifasiga kirmaydi, shuning uchun savolning o'zi nuqsonlidir. Huddi shu kabi Xudo ham yaratilgan yoki chaqirilgan narsalar qatoriga kirmaydi. Xudo sababsiz va yaratilgan emas – U shunchaki mavjud.
Buni qanday bilamiz? Bilamizki, hech narsadan hech narsa kelib chiqmaydi. Demak, agar mavjud bo'lgan biror narsa yo'q bo'lgan vaqt bo'lganida edi, unda hech narsa hech qachon yaratilmagan bo'lar edi. Lekin narsalar haqiqatdan ham mavjud. Shuning uchun, hech qachon mutlaqo hech narsa bo'lmasligi mumkinligi sababli, doimo biror narsa mavjud bo'lishi kerak edi. Doimo mavjud bo'lgan narsa — bu Xudo deb atalgan Zotdir. Xudo – bu hamma narsa yaratilishiga sabab bo'lgan sababsiz mavjudotdir. Xudo — koinotni va undagi hamma narsani yaratgan — yaratilmagan Yaratguvchidir.
English
Kim Xudoni yaratgan? Xudo qayerdan kelgan?