Savol
Xudo yovuzlikni yaratdimi?
Javob
Agarda Xudo hamma narsani yaratgan bo'lsa, demak bu yovuzlik Xudo tomonidan yaratilgan bo'lishi kerak deb tuyilishi mumkin. Biroq, yovuzlik tosh yoki elektr kabi "narsa" emas. Sizda yovuzlik ko'zasi bo'lishi mumkin emas. Yovuzlik o'z-o'zidan mavjud emas; bu, albatta yaxshilikning yo'qligidan. Misol uchun, teshik haqiqiy, ammo u faqat boshqa bir narsada mavjuddir. Tuproq yo'q joyni biz teshik deb ataymiz, lekin uni tuproqdan ajiratib bo'lmaydi. Shuning uchun, Xudo yaratganida, U yaratgan hamma narsa yaxshi edi. Xudo yaratgan yaxshi narsalardan biri – bu yaxshilikni tanlash erkinligiga ega bo'lgan mavjudoddir. Haqiqiy tanlovga ega bo'lish uchun, Xudo yaxshi tanlovdan boshqa biror narsaga yo'l qo'yishi kerak edi. Shunday qilib, Xudo bu erkin farishtalar va insonlarga yaxshilikni tanlash yoki yaxshilikni rad etishga ruxsat berdi (yovuzlik). Ikkita yaxshi narsalar o'rtasida yomon aloqa mavjud bo'lsa, biz uni yovuzlik deb ataymiz, lekin bu Xudo yaratishni talab qilgan "narsa" bo'lolmaydi.
Ehtimol, yana bir misol yordam berar. Agarda biror inson: "Ayoz mavjudmi" deb so'rasa, "ha" deb javob beriladi. Biroq bu to'gri emas. Ayoz mavjud emas. Ayoz – bu issiq yo'qligidir. Huddi shunday qorongulik mavjud emas, bu yorug'likni yo'qligidandir. Yovuzlik – yaxshilikning yo'qligidan, yoki aniqrog'i, yovuzlik – Xudoning yo'qligidan. Xudo yovuzlikni yaratishiga hojat yo'q edi, balki faqat yaxshilikning yo'q bo'lishiga yo'l qo'ydi.
Xudo yovuzlikni yaratmadi, balki U yovuzlikka yo'l qo'ydi. Xudo yomonlik qilmadi, balki U yovuzlikka yo'l qo'ydi. Agar Xudo yovuzlikka yo'l qo'ymaganda edi, insoniyat ham, farishtalar ham erkin tanlov orqali emas, balki o'z majburiyatlari bo'yicha Xudoga xizmat qilishardi. "Robotlar" hamma ishlarini "dasturlash" tufayli bajarishadi, lekin Xudo Unga ular kabi topinishimizni yoki xizmat qilishimizni xohlamadi. Albatta, shunda, biz iroda erkinligiga ega bo'lishimiz va Unga xizmat qilish yoki qilmaslikni tanlash uchun Xudo yovuzlikka yo'l qo'ydi.
Chegaralangan odamlar sifatida biz cheksiz Xudoni to'liq anglay olmaymiz (Rimliklar 11:33-34). Ba'zida biz Xudo nima uchun biror narsani qilayotganini tushunamiz, deb o'ylaymiz, ammo keyinchalik buni aslida biz o'ylagandan ko'ra boshqa maqsadda amalga oshirilganligini bilib olamiz. Xudo narsalarni muqaddaslik tomonidan, abadiy nuqtai nazardan ko'rib chiqadi. Biz narsalarni gunohkorona, dunyoviy va vaqtinchalik nuqtai nazar bo'yicha ko'rib chiqamiz. Nima uchun Xudo Odam Ato bilan Momo Havoni gunoh qilib, butun insoniyatga yovuzlik, o'lim va azob-uqubatlar keltirishini bila turib, insoniyatni yer yuziga joylashtirdi? Nima uchun U bizni hammamizni oddiy yaratmadi, biz mukammal va azob-uqubatlarsiz bo'ladigan joyda, osmonda bizni qoldirmadi. Bu savollarga abadiylik nuqtai nazaridan mos javob berib bo'lmaydi. Biz bilamizki, Xudo qilgan hamma narsa muqaddas va mukammaldir va oxir-oqibatda Uni ulug'laydi. Xudo, biz Unga sajda qilishimiz yoki qilmasligimiz haqida bizga to'g'ri tanlov berish uchun yovuslikka yo'l qo'ydi. Xudo yovuzlikni yaratmadi, lekin U unga ruxsat berdi. Agar U yovuzlikka yo'l qo'ymaganda edi, biz o'z irodamiz bilan emas, balki majburiyat bilan Unga topinardik.
English
Xudo yovuzlikni yaratdimi?