settings icon
share icon
Savol

Xudo sevgidir degani nimani anglatadi?

Javob


Muqaddas Kitob sevgini qanday ta'riflashini va Xudoning borlig'i sevgi ekanligini ko'rsatuvchi bir necha yo'llarni ko'rib chiqamiz. "Sevgi sabr-toqatli va mehribondir. Sevgi hasad qilmaydi, maqtanmaydi, kekkaymaydi. Sevgi odobsizlik qilmaydi, xudbinlik qilmaydi, achchiqlanmaydi, kek saqlamaydi. Sevgi har narsani ko'taradi, hech qachon ishonchini yo'qotmaydi, har sharoitda umid saqlaydi, har narsaga toqat qiladi. Sevgi esa aslo ado bo'lmaydi" (1 Korinfliklarga 13:4-8a). Xudoning sevgisi shunday ta'riflanadi, chunki U sevgidir, (1 Yuhanno 4:8) U shunday Xudodir.

Sevgi (Xudo) O'zini kimnidir sevishga majburlamaydi. Unga kelgan odam Uning sevgisiga sevgi bilan javob qaytaradi. Sevgi (Xudo) hammaga mehribonlik qiladi. Sevgi (Iso) hammaga hech bir ta'masiz yaxshilik qiladi. Sevgi (Iso) boshqalar ega bo'lgan narsalarga ko'z olaytirmaydi, nolimasdan kamtarona hayot kechiradi. Sevgi (Iso) U bilan aloqada bo'lgan insonlarning ustidan hokimiyatga ega bo'lishiga qaramay, tanada Kim bo'lganligi uchun maqtanmadi. Sevgi (Xudo) itoatkorlikni talab qilmaydi. Xudo O'z O'g'lidan itoatkorlikni talab qilmadi, aksincha, Iso O'z ixtiyori bilan osmonda O'z Otasiga itoat qildi. "Lekin dunyo bilsinki, Men Otani sevaman, Ota Menga neki buyurgan bo'lsa, xuddi shuni bajaraman" (Yuhanno 14:31). Sevgi (Iso) har doim boshqalarning qiziqishlarini izlagan/izlamoqda.

Xudovandning sevgisining buyuk izhori Yuhanno 3:16 oyatda bizga aytildi: "Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin". Rimliklarga 5:8 oyat ham shu xabarni e'lon qiladi: "Lekin biz hali gunohga botgan chog'imizda, Masih biz uchun o'ldi. Shu yo'sinda Xudo bizga bo'lgan O'z mehr-muhabbatini namoyon qildi". Ushbu oyatlar orqali Xudovandning buyuk istagi Iso bilan abadiy hayotda, osmonda birlashishimiz ekanligini ko'rishimiz mumkin. U gunohlarimiz uchun to'lov to'lash bilan yo'lni ochdi. U bizni sevadi chunki O'z irodasining amalga oshishi uchun bizni tanladi. Sevgi kechiradi. "Bordi-yu, gunohlarimizni e'tirof etsak, sodiq va adolatli bo'lgan Xudo gunohlarimizni kechirib, bizni har qanday yomonlikdan forig' qiladi" (1 Yuhanno 1:9).

Shunday qilib, Xudo sevgidir degani nimani anglatadi? Sevgi Xudovandning xislatidir. Sevgi Xudoning fazilatlarining, Uning Shaxsining asosiy jihatidir. Xudoning sevgisi Uning muqaddasligi, solihligi, adolati yoki Uning g'azabi bilan qarama-qarshilikka bormaydi. Xudoning barcha xislatlari mukammal uyg'unlikda. Xudo hamma narsani adolatli va to'g'ri qilgani kabi, nimaiki qilmasin hammasini sevgida qiladi. Xudo haqiqiy sevgining haqiqiy namunasidir. Ajablanarlisi shundaki, O'z O'g'li Isoni shahsiy Najotkorim deb qabul qilganlarga O'zi sevgandek sevish qobiliyatini, Muqaddas Ruhning qudratini beradi (Yuhanno 1:12; 1 Yuhanno 3:1, 23-24).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Xudo sevgidir degani nimani anglatadi?
© Copyright Got Questions Ministries