settings icon
share icon
Savol

Xudo o’zi kim? Xudoga qanday sifatlar xos?

Javob


Shukronalar bo’lsinki, biz Xudo haqida ko’p narsalarni bilib olishimiz mumkin. Sizga avvalo bu maqolani to’lig’icha o’qib chiqishni, so’ngra boshlanishiga qaytib, tanlangan Muqaddas kitobni misralarini chuqurroq tatqiqot qilish uchun ko’rib chiqishni tavsiya etamiz. Bizga Muqaddas Kalom bilan doimo solishtirish zarur, chunki ushbu maqola Xudo Kalomini nufuzisiz oddiy insoniy nuqtai nazarini ifodasigina bo’lib qoladi, qaysiki ko’pincha Xudoni tushunishga nisbatan xato bo’ladi ( Ayub Kitobi42:7).

Xudoni qanday ekanligini bilishlik judayam muhim, aks holda bu yolg’onchi Xudolarni tanlashga va ularga sajda qilishga olib kelishi mumkin, bu o’z navbatida Xudoga ma’qul emas ( Chiqish Kitobi 20: 3-5). Xudoni O’zi bizga O’zi haqida nimani ochib berishni tanlaydi. Xudoning belgili ramzlaridan biri “ nur” – bu O’zi haqidagi malumotni Uni O’zi yoritib berishini anglatadi.( Ishayo payg’ambar Kitobi60:19; Yoqub maktubi 1:17). Yaratilish jarayoni, Muqaddas Kitob, shunungdek, “ Kalom tanada zohir bo’ldi” ( Iso Masih) bular bizga Xudoni anglab yetishga yordam beradi.

Boshlanishi uchun Xudo bizning Yaratuvchimiz ekanligini, biz esa Uning yaratilishini bir qismi ekanligini anglashimiz zarur.( Ibtido kitobi 1:1; Zabur Kitobi Sano 23:1) Xudo odamni O’z suratida O’ziga o’zshash qilib yaratdi. Inson Uning yaratilish jarayonini eng cho’qisidir va U insoniyat ustidan hokimlik qiladi. ( Ibtido 1:26-28). Insonning gunohga botishi butun mavjudotni buzgan bo’lsa ham biz Uni mukammaligini hali ham ko’rishimiz mumkin. ( Ibtido 3: 17-18; Rimliklarga maktub 1: 19-20). Qilingan ishlarni kengligini, murakkab chiroyini va yaratilish tartibini kuzata turib, biz Xudoning buyukligini his qilishimiz mumkin. Xudoni Yahudiycha ba’zi bir ismlarini mohiyatini tushunish bizga Uning xarakterli sifatlarini o’rganishga yordam beradi. Mana ular:

Eloxim – Kuchli, Ajoyib ( Ibtido 1:1)
Adonay – Rabbiy, Barcha ustidan Xukmronlik qilayotgan Xo’jayin ( Chiqish kitobi 4: 10, 13)
El Elion – Xoqon, Eng kuchli ( Ibtido 14:20)
El Roy- Kuchli, Hamma narsani ko’ruvchi( Ibtido 16:13)
El Shadday- Qodir ( Ibtido17:1).
El Olam- Abadiy( Ishayo kitobi 40:28).
Yaxve- “ Men azaliy borman” – ya’ni Abadiy, Mustaqil mavjud bo’lgan.( Chiqish kitobi 3: 13-14).

Muqaddas kitob Xudoni shunday xarakterli tomonlari haqida guvohlik beradi: U- abadiy, ya’ni boshlanishga va yakunga ega emas. U- o’lmas, cheksiz ( Amrlar kitobi 33:27; Zabur kitobi Sano 89:2; 1-chi Timutiyga 1: 17). Xudo- taqqoslab bo’lmaydigandir, ishlarda Unga o’xshash hech kim mavjud emas, U- barkamoldir( 2-chi Podsholik kitobi 7: 22; Zabur kitobi Sano85:8; Ishayo payg’ambar kitobi 40:25; Matto maktubi 5:48). U- ohirgacha anglab yetishib bo’lmaydigan, o’lchab bo’lmaydigan va tushuntirib bo’lmaydigan( Ishayo kitobi 40:28; Zabur kitobi Sano 144:3; Rimliklar maktubi 11: 33-34).

Xudo odil, ya’ni U oldindan, yolg’on fikrga ega emas (Amrlar kitobi32: 4; Zabur kitob Sano 17:30). Xudo - qodir Xudo, Unga butun kuch - quvvat tegishli; U O’ziga ma’qul bo’lganini qiladi, ammo Uning xatti- xarakatlari hech qachon Uning xarakterini boshqa taraflariga qarama qarshi bo’lmaydi.( Vahiy 19:6; Ermiyahu kitobi 32: 17,27). Xudo hamma yerdadir, U hamma yerda va doimo bo’ladi, bu degani U hamma narsada mavjuddir degani emas. ( Zabur kitobi Sano 138: 7-13; Ermiyahu 23:23). Xudo hamma yerdadir, U o’tmishni, hozirni va kelajakni, hattoki bizning fikrlarimizni ham biladi. U hamma narsani bilganligi sabab- Uning hukmi kamolatga erishgan.( Zabur kitobi Sano 138:1-5; Sulaymonning masallar kitobi 5:21).

Xudo- yagonadir, Unga o’xshagan hech kim yoq, faqat U bizning yuraklarimizni xohish va ehtiyojlarimizni qoniqtira oladi, faqat U bizning sajda va sadoqatimizga loyiqdir.( Amrlar kitobi 6:4). Xudo odildir – U gunohga ko’z yuma olmaydi. Mana nimaga Iso O’zida Ilohiy mahkumlikdi his etishi kerak bo’lgan. Buni U biz odil va adolatli Xudodan gunohlarimiz uchun kechirim olishga imkonli bo’lishimiz uchun, Unga bizning gunohlarimiz yuklanganidi( Chiqish kitobi 9: 27; Matto maktubi 27: 45-46; Rimliklarga maktub 3: 21-26).

Xudo- xoqon, Uning barcha yaratgan mavjudoti ongli yoki ongsiz holda Uning rejalariga qarama-qarshi turaolmaydi.( Zabur kitobi Sano 92:1; 95:3; Ermiyahu 23:20). Xudo- Ruh, ya’ni U ko’rinmasdir ( Yuhanno1:18; 4:24). Xudo- uch birlikdadir, ya’ni uchta Shahs ma’nosi bo’yicha bir hil, hokimligi va shuhratida teng bo’lgan bitta Ilohni tuzushadi. Muqaddas kitobdan keltirilgan birinchi jumlada “ism” so’zi birlik sonida ishlatilganligiga e’tibor qiling, vaholanki u uchta alohida Shahsga: Ota, O’g’il va Muqaddas Ruhga tegishli,( Matto maktubi 28:19; Mark maktubi 9:11). Xudo – xaqiqatdir, U O’z mohiyati bilan tushunishta bo’ladi, o’zgarmaydi va aldayolmaydi ( Zabur kitobi Sano 116:2; 1-chi Podsholik kitobi 15:29). Xudo- muqaddasdir, U harqanday hulqiy nopoklikka chidab tura olmaydi va unga qarshi turadi. U barcha yovuzlikni qiradi va bu Unda g’azab uyg’otadi. Ko’p xollarda Muqaddas kitobda “olov” so’zi “Muqaddas” so’zi bilan birga ishlatiladi. Xudo poklovchi va hamma narsani yutib yuvoruvchi olov bilan taqqoslanadi. ( Ishayo kitobi 6:3; Avvahum kitobi 1:13; Chiqish kitobi 3:2, 4-5; Ibroniylarga maktub 12:29).

Binobarin, yuqorida hamma keltirilganlariga qaramasdan, Xudo - mehribon, ya’ni U rahimli-kechiruvchan va sevuvchidir. Agar Xudoning mehr-shavqati bo’lmaganida Uning hamma boshqa sifatlari bizni Undan abadiy uzoqlashtirib yuborgan bo’lar edi. Yaxshiyamki bu unday emas, ahir U bizni har birimiz bilan birga bo’lmoqchi( Chiqish kitobi 34:6; zabur kitobi Sano 30:19; 1-chi butrus maktubi 1:3; Yuhanno maktubi 3:16; 17:3).

Bu faqatgina Xudoning buyukligi haqidagi savolga kamtarona javob edi xolos. Bu javob siz Xudoni oxtarishda davom etish uchun undov bo’lib qolishi uchun ibodat qilyapmiz.( Ermiyahu 29:13).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Xudo o’zi kim? Xudoga qanday sifatlar xos?
© Copyright Got Questions Ministries