settings icon
share icon
Savol

Xudo, nima uchun tanlangan xalqi sifatida Isroilni tanladi?

Javob


Qonunlar 7:7-9 dan Isroil haqida bilib olamiz: "Egamiz sizlarni boshqa xalqlardan ko'p bo'lganingiz uchun sevib, tanlamadi. Sizlar boshqa hamma xalqlardan oz edingiz. Egamiz sizlarni sevgani uchun va ota–bobolaringizga bergan va'dasini ado etish uchun sizlarni tanladi. Shu bois U sizlarni Misr fir'avni hukmronligidan, Misrdagi qullikdan O'z qudrati bilan olib chiqib, ozod qildi. Shunday qilib, Egangiz Xudo haqiqiy Xudo ekanini bilib qo'yinglar. U sodiq Xudodir! Uni sevadigan, Uning amrlarini bajaradiganlarning minginchi avlodigacha ahdini sodiq saqlaydi."

Xudo, Isroilliklarni xalqi sifatida tanladi, bu orqali bizning jonimizning qutqaruvchisi Iso Masih dunyoga kelishi mumkin edi (Yuhanno 3:16). Rabbiy birinchi marta Odam Ato va Momo Havoning yiqilishi oqibatida Masihning kelishi haqida ogohlantirdi (Ibtido 3). Keyinchalik Xudo, Masihni Ibrohim, Is'hoq va Yoqubdan kelib chiqishi haqida gapirdi (Ibtido 12:1-3). Shunday qilib, Isroilliklarni tanlangan xalq bo'lishining asosiy sababi Iso Masih ekani haqida aytish mumkin. Xudoga "tanlangan odamlar" bo'lishi shart emas edi, lekin U shunday qaror qildi. Iso inson zotidan kelib chiqishi kerak edi, va Egamiz Xudo, Uning Otasi, bu uchun Isroil xalqini tanladi.

Shunga qaramay, Masihning paydo bo'lishi, bu Xudo Isroil xalqini tanlashiga yagona sabab emas. Xudoning xohishi, aksincha, Isroilliklar o'z ta'limotlarini va irodasini boshqa, begona xalqlarga yetkazishi va voizlik qilishi edi. Isroilliklar ruhoniylar, payg'ambarlar va missionerlarning xalqi bo'lishlari kerak edi. Xudo Isroilliklarga maxsus xalqning taqdirini, boshqalarni Xudoga va Najotkor, Masih va Qutqaruvchini bizga yuborish haqidagi va'dasiga tayyorladi. Afsuski, Isroil xalqi o'z vazifalarini amalga oshira olmadi. Biroq, Isroilliklarning asosiy vazifasi amalga oshdi — bu xalq dunyoga Iso Masihning qiyofasida Najotkor va Qutqaruvchini berdi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Xudo, nima uchun tanlangan xalqi sifatida Isroilni tanladi?
© Copyright Got Questions Ministries