settings icon
share icon
Savol

Xudo bugungi kunda ham biz bilan gaplashadimi?

Javob


Muqaddas Kitobda Xudo odamlar bilan ko'p marta ochiq gaplashganini yozadi (Chiqish 3:14; Yoshua 1:1; Hakamlar 6:18; 1 Shohlar 3:11; 2 Shohlar 2:1; Ayub 40:1; Ishayo 7:3; Yeremiyo 1:7; Havoriylar 8:26; 9:15 – bu bir kichik namuna). Bugungi kunda Xudo inson bilan gaplasha olmasligi uchun Muqaddas Kitobda hech qanday sabab yo'q. Muqaddas Kitobda yuzlab marotaba Xudoning so'zlari yozilgan bo'lib, ular 4000 yillik insoniyat tarixi davomida sodir bo'lgan voqealarni esga olishimizga yordam beradi. Xudo baland ovoz bilan gapiradi – bu qoida emas, bu istisno. Hatto Muqaddas Kitobda bayon qilingan voqealarda Xudo har doim eshitarli ovozda, ichki ovozda yoki taassurot paytida gapirgani ham aniq emas.

Xudo bugungi kunda haqiqatdan ham odamlar bilan gaplashadi. Birinchidan, Xudo O'z Kalomi orqali gapiradi (2 Timo'tiy 3:16-17). Ishayo 55:11 da shunday so'zlar yozilgan: "Mening og'zimdan chiqqan so'z shunday bo'ladi, Menga bo'm–bo'sh qaytib kelmaydi. Mening xohish–irodamni o'sha so'z bajaradi, Qaysi niyatda yuborsam, o'shani bajo qiladi". Muqaddas Kitob – bu biz qutqarilishimiz va masihiy hayot haqida bilishimiz kerak bo'lgan Xudoning Kalomidir. 2 Butrus 1:3 da e'lon qiladi: "Rabbimiz Iso O'z ulug'vorligi va ezguligi ila bizni da'vat etib, O'zini bizga tanitdi. Endi biz Xudoga munosib hayot kechira olamiz, chunki Rabbimiz ilohiy qudrati bilan bizga zarur bo'lgan barcha fazilatlarni ato etdi".

Xudo voqealar orqali biz bilan "gaplashadi", ya'ni U bizning sharoitlarimizni boshqarishda bizga yo'l-yo'riq berishi mumkin. Xudo vijdonimiz orqali yaxshilik va yomonlikni ajratib olishimizda bizga yordam beradi (1 Timo'tiy 1:5; 1 Butrus 3:16). Xudo bizning fikrlarimizni O'z fikrlari bilan moslashtirish jarayonida (Rimliklarga 12:2). Xudo, hayotimizda sodir bo'layotgan hodisalarni boshqarishimizga, o'zgartirishimizga va ruhan o'sishimizga ko'maklashadi (Yoqub 1:2-5; Ibroniylarga 12:5-11). 1 Butrus 1:6-7 oyatlarida bizga eslatib o'tadi: "Shuning uchun xursand bo'linglar! Hozir turli sinovlar tufayli qisqa vaqt qiynalayotgan bo'lsangiz ham, quvoninglar. Chunki sinovlar imoningizning samimiy ekanligini isbotlash uchun kerakdir. Hatto yo'q bo'lib ketadigan oltin ham olovda toblanib, sinaladi. Sizning imoningiz esa oltindan ming barobar qadrliroqdir. Sinovdan o'tgan imoningiz Iso Masih oxiratda kelganda sizlarga maqtov va shon–sharaf keltiradi".

Ba'zan Xudo odamlar bilan eshitarli qilib gaplashishi mumkin. Biroq, bu ba'zi odamlar da'vo qilayotgandek, ko'pincha shubhali. Shunga qaramay, hatto Muqaddas Kitobda ham Xudo baland ovozda gapiradi bu oddiy emas, istisnodir. Agar kimdir Xudo bilan gaplashgani haqida da'vo qilsa, har doim Muqaddas Kitobda aytilgan so'zlarga solishtiring. Agar Xudo bugun gapirishi kerak bo'lsa, Uning so'zlari Muqaddas Kitobda aytgan so'zlari bilan to'la mos bo'ladi (2 Timo'tiy 3:16-17). Xudo O'ziga qarama-qarshi emas.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Xudo bugungi kunda ham biz bilan gaplashadimi?
© Copyright Got Questions Ministries