Rabbimizning Kechligi/Masihiylar birligi qanday ahamiyatga ega?


Savol: Rabbimizning Kechligi/Masihiylar birligi qanday ahamiyatga ega?

Javob:
Rabbiyning kechligini o'rganish – bu ruhni uyg'otadigan tajriba, chunki unda chuqur ma'no mavjud. Iso o'limi arafasida, aynan Fisih bayramini nishonlash vaqtida, bugungi kunda biz ko'rib turgan munosabat uchun yangi bir muhim ovqatlanishni tashkil qildi. Bu masihiy xizmatlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu bizni Rabbimizning o'limi va tirilishini eslashga va kelajakda Uning ulug'vor qaytishini xotirlashga chaqiradi. Fisih yahidiy dinida yilning eng muqaddas bayrami bo'lgan. Bu Misrliklarning to'ng'ichlari o'lgan Misrdagi so'nngi falokat voqeasi bo'lib, isroilliklarni saqlash uchun eshik romlariga sepilgan qo'zining qoni bilan qutqarilganini bildiradi. Keyin qo'zi qovurilgan va xamirturushsiz non bilan yeganlar. Xudoning buyrug'i shundaki, bu bayram kelajak avlodlar davomida nishonlanishi kerak edi. Hikoya Chiqish 12 bobda yozilgan.

Kechki ovqat paytida — Fisih bayrami — Iso bir nonni olib, Xudoga minnatdorchilik bildirdi. U nonni sindirdi va shogirdlariga berdi va dedi: "Bu non Mening tanamni bildiradi. Tanam sizlar uchun fido bo'ladi. Birgalikda non sindirib yeganingizda Meni xotirlanglar. Ovqatlanib bo'lganlaridan keyin, Iso yana sharob quyilgan kosani olib, shunday dedi: — Bu kosa Xudoning yangi ahdini bildiradi. Bu Ahd sizlar uchun to'kiladigan qonim evaziga kuchga kiradi. Ana, qarang! Menga xiyonat qiladigan odam Men bilan bir dasturxonda o'tiribdi" (Liqo 22:19-21). U bayramni nishonlashni yakunladi (Matto 26:30) va ular tunda Zaytun tog'iga chiqdilar. Aynan o'sha yerda Yahudo Isoga xiyonat qilgan edi. Ertasi kuni Iso xochga mixlangan edi.

Rabbimizning Kechligi haqidagi hikoyalarni Xushxabarlardan topish mumkin (Matto 26:26-29; Mark 14:17-25; Luqo 22:7-22 va Yuhanno 13:21-30). Havoriy Pavlus 1 Korinfliklarga 11:23-29 da Rabbiyning Kechligi haqida yozgan. Pavlus, Xushxabarlarda yo'q bo'lgan tasdiqni kiritdi: "Shunday qilib, kimda–kim adabsiz ravishda bu nondan yesa yoki Rabbimizning kosasidan ichsa, Rabbimizning tanasi va qoniga qarshi gunoh qilgan bo'ladi. Shuning uchun har bir kishi o'z–o'zini tekshirib ko'rsin, shundan so'nggina nondan yesin va sharobdan ichsin. Rabbimizning tanasini pisand qilmasdan yeb–ichgan odam o'zini o'zi mahkum qilgan bo'ladi" (1 Korinfliklarga 11:27-29). Biz non va kosadan "noloyiq tarzda"qabul qilish nimani anglatadi deb so'rashimiz mumkin. Bu nonning va kosaning haqiqiy ma'nosiga e'tibor bermaslik va Najodkorimiz bizning najot topishimiz uchun to'lagan ulkan to'lovni unutib qo'yishini anglatishi mumkin. Yoki bu marosim o'lik va rasmiy marosimga aylanishi yoki Rabbiyning Kechligi uchun tavba qilinmagan gunoh bilan kelishni anglatadi. Pavlusning ta'limotiga binoan nonni yeb, kosadan ichishdan oldin biz o'zimizni tekshirishimiz kerak. Pavlusning Xushxabarga kiritilmagan boshqa bir bayonoti shunday: "Har safar birgalikda shu tarzda non yeb, sharob ichar ekansiz, Rabbimiz kelguniga qadar Uning o'limini e'lon qilayotgan bo'lasizlar" (1 Korinfliklarga 11:26). Bu marosimning vaqtini Rabbimizning qaytishiga qadar belgilaydi. Ushbu qisqacha tavsiflardan Iso Masihning tanasi va qoni ramzi sifatida ikkita eng nozik elementlardan qanday foydalanganini va Uning o'limi uchun yodgorlik qilib belgilaganini bilib olamiz. Bu o'ymakor marmar yoki misdan qilingan yodgorlik emas, balki non va sharob edi.

U nonni sindirganida, Isoning tanasi deb e'lon qilib gapirdi. Biror singan suyagi yo'q edi, lekin Uning tanasi juda qiynoqqa solindi, Uni tanib olish juda qiyin bo'lgan (Zabur 22:12-17; Ishayo 53:4-7). Sharob esa, U yaqinda sinovdan o'tadigan dahshatli o'limga ishora qilib, Uning qoni haqida aytadi. U Xudoning mukammal O'g'li, Qutqaruvchi ekanligi haqidagi ko'plab Eski Ahddagi bashoratlarning amalga oshiruvchisi bo'ldi (Ibtido 3:15; Zabur 22; Ishayo 53). U: "U men haqimda xotirlash uchun" deb aytganida, bu kelajakda davom etishi kerak bo'lgan marosim ekanini ta'kidladi. Shuningdek, qo'zining o'limini talab qilgan va dunyoning gunohini O'ziga oladigan Xudoning Qo'zisi kelishini kutgan Fisih bayrami, Rabbiyning Kechligida amalga oshirilganligini ham ta'kidladi. Yangi Ahd Eski Ahdning o'rnini egalladi, chunki Masih, qurbon qilishga olib kelingan (Ibroniylarga 8:8-13) Fisih Qo'zisi bo'ldi (1 Korinfliklarga 5:7). Endi qurbonlik tizimi boshqa kerak emas (Ibroniylarga 9:25-28). Rabbimizning kechligi/Masihiylarning birligi — bu Masihning biz uchun qilgan ishlarining xotirasi va Uning qurbonligi tufayli erishgan narsalarni bayram qilib nishonlashdir.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Rabbimizning Kechligi/Masihiylar birligi qanday ahamiyatga ega?