settings icon
share icon
Savol

Qanday qilib Muqaddas Ruhga to'lishim mumkin?

Javob


Muqaddas Ruhga to'lishni tushunishga yordam beradigan muhim oyat bu Yuhanno 14:16 oyatdir. Bu oyatda Iso, Ruh umonlilarning ichida yashashiga va to abad qolishiga va'da bergan. Ruhda yashash bilan to'lishni ajrata olishlari shart. Ruhning doimiy yashashi bir necha imonlilar uchun emas, balki hamma imonlilar uchundir. Ushbu xulosani qo'llab-quvatlaydigan Muqaddas Bitikda bir qator manba'lar bor. Birinchidan, Muqaddas Ruh – Isoda hamma imonlilar uchun istisnosiz berilgan in'omdir va bu in'om ustida Masihga ega bo'lgan imondan tashqari hech qanday shart qo'ymaydi (Yuhanno 7:37-39). Ikkinchidan, Muqaddas Ruh najot topgan vaqtda beriladi (Efesliklarga 1:13). Galatiyaliklarga 3:2 oyatda bu haqida ta'kidlab, Ruhning muhrlanishi va yashashi imonga kelgan vaqtingizda sodir bo'ladi. Uchinchidan, Muqaddas Ruh doimiy ravishda imonlilar ichida yashaydi. Muqaddas Ruh imonlilarga oldindan to'lov sifatida yoki Masihda kelajakda erishishiladigan ulug'vorlikni tasdiqlash uchun berilgan (2Korinfliklarga 1:22; Efesliklarga 4:30).

Efesliklarga 5:18 oyatda aytilgan bu so'zlar Ruhga tolishdan farq qiladi. Bizni to'liq boshqarishi uchun va shu ma'noda bizni to'ldirishi uchun, biz butunlay Muqaddas Ruhga bag'ishlanishimiz kerak. Rimliklarga 8:9 va Efeslilarga 1:13-14 oyatda U har bir imonlining ichida yashaydi deyiladi, lekin U xafa bo'lishi mumkin (Efesliklarga 4:30) va bizning ichimizdagi Uning faoliyati susayishi mumkin (1 Salonikaliklarga 5:19). Biz buni amalga oshishiga yo'l qo'yganimizda, bizda va biz orqali Ruhning ishini va kuchini to'laligicha his qilmaymiz. Ruh bilan to'ldirilish, bu hayotimizning har bir qismini egallashi, bizni boshqarishi va nazorat qilishi uchun erkinlik berishni anglatadi. Undan keyin, Uning kuchi biz orqali amal qilishi mumkin, shundagina biz qilayotgan ishlar Xudo uchun samarali bo'ladi. Ruhga to'lishimiz yolg'iz tashqi harakatlarimizga taalluqli emas; bizning harakatlarimiz ichki fikrimizga va niyatlarimizga ham bog'liqdir. Zabur 18:15 oyatda aytiladi: "Ey Egam, suyangan qoyam, qutqaruvchim! Og'zimdan chiqqan so'zlar, yurakdagi niyatlarim Senga ma'qul bo'lsin". Gunoh Muqaddas Ruhga to'lishimizga to'sqinlik qiladi va Xudoga itoat qilish esa Ruhga to'lishimizni ta'minlaydi. Efesliklarga 5:18 oyatda biz Ruhga to'lishimiz lozimligi buyuriladi; biroq, to'lishimizni amalga oshiradigan Muqaddas Ruh bizni to'ldirishi uchun ibodat qilishimiz kerak. Faqat Xudoning amrlariga itoat qilganimizda, Ruhga ichimizda ishlashiga erkinlik berishimizga imkon beradi. Biz hali ham gunoh bilan bulg'anganimiz uchun, har doim Ruh bilan to'lishimiz qiyin kechadi. Gunoh qilgan chog'imizda, darhol Xudoga buni e'tirof etishimiz kerak va Ruhga to'lib, Ruhning boshqarishiga bo'lgan sadoqatimizni yangilashimiz kerak.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Qanday qilib Muqaddas Ruhga to'lishim mumkin?
© Copyright Got Questions Ministries