settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Ruhga cho'mish nimani anglatadi?

Javob


Muqaddas Ruhga cho'mishni, Xudoning Ruhi imonlilarning Masih bilan birga bo'lishini ta'minlaydigan va najot vaqtida Masihning tanasida boshqa imonlilar bilan birlashtiradigan ish sifatida belgilash mumkin. Muqaddas Ruhga cho'mdirilish Yahyo cho'mdiruvchi (Mark 1:8) va Iso osmonga ko'tarilishidan oldin U tomonidan bashorat qilingan edi: "Yahyo odamlarni suvga cho'mdirar edi, sizlar esa yaqin kunlarda Muqaddas Ruhga cho'mdirilasizlar" (Havoriylar 1:5). Bu va'da Hosil bayramida amalga oshdi (Havoriylar 2:1-4); ilk bor odamlar doimiy Muqaddas Ruhga to'lishdi va jamoat boshlandi.

Birinchi Korinfliklarga 12:12-13 oyatlar, Muqaddas Ruhga cho'mish haqida Muqaddas Kitobning markaziy parchasidir: "Axir, biz hammamiz — yahudiylaru yunonlar, qullaru ozod bo'lganlar, bir tana bo'lishimiz uchun bir Muqaddas Ruhga cho'mdirildik. Hammamiz o'sha bir Ruhga to'lib–toshganmiz" (1Korinfliklarga 12:13). E'tibor bering, biz hammamiz Ruhga cho'mganmiz — hamma imonlilar suvga cho'mish marosimi bilan najot topdilar va bu faqat bir necha kishi uchun maxsus tajriba emas. O'sha vaqtda, Rimliklarga 6:1-4 oyatlarida Xudoning Ruhi haqida aniq so'z yuritilmagan bo'lsa-da, unda 1 Korinfliklarga o'xshash parchada huddi shunday tilda imonlilarning vaziyatini tasvirlaydi: "Xo'sh, nima deylik? Inoyat ko'payaversin, deb gunoh qilishda davom etaveramizmi? Yo'q, aslo! Biz gunoh uchun o'lganmiz. Endi qanday qilib gunoh qilib yashayveramiz? Unutmanglar, cho'mdirilish orqali biz — Masihga tegishli bo'lganlar, Uning o'limiga sherik bo'ldik! Biz suvga cho'mdirilib, Masih bilan birga o'ldik va ko'mildik. Otamiz Xudoning ulug'vor qudrati bilan Iso Masih o'likdan tirilganiday, biz yangi hayotga ega bo'lamiz".

Ruhga cho'mish haqidagi tushunchamizni mustahkamlashga yordam berish uchun quyidagi dalillar kerak: birinchidan, 1Korinfliklarga 12:13 da, barcha suvga cho'mgani kabi, huddi shunday to'lib-toshish uchun hammaga Ruh berilgani haqida aniq aytyapdi (Ruhning yashashi). Ikkinchidan, Muqaddas Bitikning hech bir joyida Ruhga cho'mish, Ruhda yoki biron bir tarzda cho'mish yoki Muqaddas Ruhga cho'mish uchun izlanishlar haqida aytilmagan. Bu, hamma imonlilarning ushbu tajribaga ega ekanligidan dalolat beradi. Uchinchidan, Efesliklarga 4:5 da Ruhga cho'mishga oid o'xshash gap bor. Agar shunday bo'lsa, Ruhga cho'mish — har bir imonli uchun "yagona imon" va "yagona Ota" kabi haqiqatdir.

Xulosa qilib aytganda, Muqaddas Ruhga cho'mish ikkita narsani bajaradi: 1) u bizni Masihning tanasi bilan birlashtiradi va 2) u bizni Masih bilan birgalikda xochga mixlanishni amalga oshiradi. Uning tanasida bo'lishimiz orqali, biz U bilan birga yangicha hayotga ko'tarilamiz (Rimliklarga 6:4). So'ngra, 1 Korinfliklarga 12:13 da aytilganidek, bu tanani to'g'ri ishlashda qo'llab-quvvatlashi uchun, biz o'z ruhiy in'omlarimizdan foydalanishimiz kerak. Bir Ruhga cho'mdirish, Efesliklarga 4:5 da aytilgani kabi, jamoatning birligini saqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ruhga cho'mish orqali Uning o'limida, ko'milishida va tirilishida Masih bilan aloqada bo'lish, ichimizdagi gunohning kuchidan ajralishimiz va bizni yangi hayotimizda yurishimiz uchun asos o'rnatadi (Rimliklarga 6:1-10, Kolosaliklar 2:12)

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Ruhga cho'mish nimani anglatadi?
© Copyright Got Questions Ministries