settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitobda Uchbirlik haqida nima yozilgan?

Javob


Savolning qiyin joyi shundaki, masihiylikda Uchbirlik degan tushunchani mukkamal bilishning ilojisi yo’q. Uchbirlikning ma’nosi inson tushunchasiga yetukli emas, tushuntirishga esa, undan ham yetukli emas. Xudo O’zining cheksizligi bilan, bizlarning ustimizdan yuksalgan va to’liqcha Uni kimligini bilolmaymiz. Muqaddas kitobda yozilganki Ota – Xudo, Iso Masih -- Xudo, Muqaddas Ruh—Xudo. Yana Kalom shuni o’rgatyaptiki Xudo – yagona. Biz Ularni qay darajada bo’lishi mumkinligini tushunsak ham, Ularning to’liq munosabati insonlarga yetuklik emas. Biroq bu tushuncha Kalomga asoslangan haqiqat.

Bu savolga javob beryatib, shuni ko’rsatmoqchimanki “ Uchbirlik” so’zi Kalomda ishlatilmagan. Bu faqat Xudoni tushuntirish, “ Uchbirlik” termini va shu faktki, uchalasi ham azaldan va abadiy bor va bir Xudoni tashkil etishadi. Bu also Xudo uchta ekanligini bildirmaydi. Uchbirlik – bu yagona Xudo, uch shahsda. Kalomda “ Uchbirlik” so’zi yo’q bo’lsa ham , uni ishlataolmasligimizga sabab yo’q. “ Uchalasi azaldan va abdiy bor va Xudoni tashkil etadi” deyishdan ko’ra, “ Uchbirlik” deyish ancha osonroq. Agar bu fakt sizni o’ylantirayotgan bo’lsa, fikrlab ko’ringchi “bobo” degan so’z ham, Kalomda uchratilmaydi. Lekin biz aniq bilamizki Muqaddas Kitobda bobolar bo’lgan. Ibrohim Yoqubni bobosi bo’lgan, shuning uchun “Uchbirlik” termini Kalomda yo’q bo’lsa ham -- uning ma’nosi bor. Uchbirlikni tasdiqlaydigan misralar Muqaddas kitobda ko’rsatilgan.

(1) Faqat yagona Xudo bor. ( Qonunlar kitobi 6:4; 1-chi Korinfliklar 8:4; Galatiyaliklarga 3:20; 1-chi Timutiylarga 2;5).

(2) Uchbirlik, uch shahsdan iborat. ( Ibtido kitobi 1:1,1:26, 3:22, 11:7; Ishayo 6:8, 48:16; 61:1; Matto Xushxabari 3:16-17, 28:19; 2-chi Korinfliklarga 13:14).

Qadimgi Ahddagi misralarni tushuntirish uchun , yahudiy tilini bilish katta yordam beradi. Ibtido kitobi 1:1da “ Ilohim” deb, ishlatilgan so’z ko’pchilik degan ma’noni bildiradi. Ibtido kitobi 1:26, 3:22, 11:7; Ishayo kitobi 6:8da “Biz” degan so’z ishlatilgan. “ Ilohim” va “ Biz” so’zlari ikkidan ko’p sonni iborat etishi shaksizdir. Masalan rus tilida birlikni va ko’plikni bildiradigan so’z bor, yahudiy grammatikasida esa, birlik, juftlik va ko’plikni bildiruvchi sonlar bor. Juftlik raqami ikki sondan iborat. Yahudiy tilida juftlik raqami ko’zni, quloqni, qo’lni vaho- kazolarni bidiradi. “ Ilohim” so’zi va “ Biz” degan so’z ko’plikni ko’rsatadi, ya’ni ikkitadan ko’p – uch…..( Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh).

Ishayo 48:16 va 61:1 O’g’il -- Ota va Muqaddas Ruh haqida, gapirib beryapti. O’g’il so’zlayotganini ko’rish uchun Ishyo 61:1 va Luqo Xushxabari 4:14-19 gachani taqqoslab ko’ring. Mattodagi 3:16-17 gacha bo’lgan misralar, Iso Masihni suvga cho’mdirilishini ko’rsatyapti. Biz ko’ryapmizki Muqaddas Ruh - Xudo, O’g’il Xudoga tushyabti va shu vaqtni o’zidayoq Ota -- Xudo, O’g’liga O’z marhamatini e’lon etyapti. Uchbirlikni uchta har-hil shahsdan iboratligini Matto 28:19 va 2-chi Korinfliklar 13-14 aniq ko’rsatyapti

(3) Uchbirlikni azolari bir-biridan ajraladi. Buni shu misralar orqali ko’rish mumkin: “ Xudoning O’g’li bor”( ZAbur 2:7-12; Hikmatlar kitobi 30:2-4), “ Ruh va Rabbim” har-hil shahslar ( Sonlar 27:18), hamda “Xudo” ham ( Zabur 50:10-12). “ Xudo O’g’il”, “ Xudo Ota”, boshqa-boshqa shahslar ( Zabur 44:6-7; Ibroniylar 1:8-9). Yangi Ahd kitobida Yuhanno 14:16-17 misralarida Iso Otadan Yordamchi - Muqaddas Ruhni jo’natishini so’rayapti. Bu shuni ko’rsatadiki, Iso O’zini na Ota va na Muqaddas Ruh deb, hisoblamayapti. Shuningdek Kalomdagi ba’zi bir misralarga axamiyat berib, Isoni Otaga bo’lgan murojatiga qarab o’ylanib ko’ring. Ahir U O’z –O’zi bilan gaplashtimi? Albatta yo’q! U Uchbiurlikning boshqa shahsiga, ya’ni Otaga murojaat qilgan.

(4) Uchbirlikning har bir shahsi - Xudo: Ota - Xudo : Yuhanno Xushxabari 6:27; Rimliklar maktubi 1:7; 1-chi Butrus 1:2. O’g’il - Xudo: Yuhanno 1:1,14; Rimliklar 9:5; Kolosyaliklarga 2:9; Ibroniylarga 1:8; 1-chi Yuhanno 5:20.

Xudo – Muqaddas Ruh : Havoriylar 5:3-4;1-chi Korinfliklar 3:16(imonlikka tushib uni to’ldirgan o’sha - Muqaddas Ruh, Rimliklar 8:9; Yuhanno 14:16-17; Havoriylar 2: 1-4).

(5) Uchbirlikdagi itoatkorlik: Yozuvda ko’rsatilganidek, Muqaddas Ruh Otaga va O’g’ilga bo’ysunadi, O’g’il esa Otaga. Bu yerda Uchbirlikning azolarini o’z’aro munosabati birlashyapti, lekin bu Ularning ilohiyligiga ta’sir qilmaydi. Xudoning cheksizligi va buning hammasi insonning tushunchasiga to’liq yetib borishi qiyin. O’g’il haqida : Luqo 22:42; Yuhanno 5:36; Yuhanno 20:21; va 1-chi Yuhanno 4:14da ko’rib chiqing. Muqaddas Ruh haqida esa: Yuhanno 14:16, 14:26; 15:26; 16:7 , ayniqsa Yuhanno 16:13-14ni ko’rib chiqing.

(6) Uchbirlikning har bir shahsi, boshqa-boshqa faolga javob beradi: Ota a) borliqning yaratuvchisi ( 1-chi Korinfliklar 8:6; Vahiy 4:11); b) ilohiy vahiyning sababchisi ( Vahiy 1:1); v) najotni ( Yuhanno 3:16-17) ; g) Isoni yerdagi hizmati ( Yuhanno 5:17 ; 14:10). Buning hammasi Ota orqali sodir bo’lgan.

O’g’li orqali Ota quydagi ishlarni bajardi: a) Koinotni yaratish va uni ushlab turish ( 1-chi Korinfliklar8:6; Yuhanno 1:3; Kolosyaliklarga 1:16-17); b) Ilohiy vahiylar ( Yuhanno 1:1; Matto 11:27; Yuhanno 16:12-15; Vahiy 1:1); v) Najot ( 2-chi Korinfliklar 5:19; Matto 1:21; Yuhanno 4:42). Ota bularni hammasini, O’g’li orqali bajaryapti va O’g’il Uning elchisi bo’lib hizmat qilyabti.

Muqaddas Ruh ko’magida, Ota keyingilarni bajaryabti: a) Koinotni yaratish va uni ushlab turish ( Ibtido 1:2; Ayub 26:13; Zabur 103:30); b)Ilohiy vahiylar ( Yuhanno 6:12-15gacha; Efesliklar 3:15; 2-chi Butrus 1:21); v) Najot ( Yuhanno 3:6; Titusga 3:5; 1-chi Butrus 1:2); g) Iso Masihning hizmati ( Ishayo 61:1; Havoriylar 10:38). Bularni hammasini Ota Muqaddas Ruh yordami bilan bajaryabti.

Ba’zi bir zamonaviy ko’rinishlar Uchbirlikning to’liq ma’nosini yetkazib berolmaydi. Tuxum yoki olma buning to’liq ma’nosini tushuntirib berolmaydi, chunki tuxumning po’stlog’i, oqi va sarig’i tuxumning qismlari bo’lgani uchun, tuxumning o’zi bo’lolmaydi. Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh , Xudoning qismlari emas, balki har biri - Xudo. Suvning misoli, bu tushunchani yaxshiroq ko’rsataoladi, lekin baribir Uchbirlikni to’liq ochib berolmaydi. Suv, bug’ va muz- bu suvning usullari. Ota, O’g’il va Muqaddas Ruh, Xudoning usullari emas, balki har biri - Xudo. Shuning uchun bu ko’rinarli misollar, bizga Uchbirlikni ko’rinishiga iloj beryabti, lekin bu ko’rinishlarni to’liqcha haqligini aytish mumkin emas. Cheksiz Xudoni misol yoki ko’rinish orqali, ko’rsatishni ilojisi yo’q. Buning o’rniga birgalikda Uchbirlikdagi Xudo, bizga nisbatan naqadar buyuk va cheksizligini o’ylaylik!

“ Oh Xudoning saxovatu hikmati hamda bilimining chuqurligini qarang! Uning hukmlariga kimning aqli yetar, yo’llarini kim tekshirib chiqar ekan? Xudoning aqlini kim bilgan ekan? Uning maslahatchisi kim bo’lgan ekan?” ( Rimliklarga 11:33-34).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda Uchbirlik haqida nima yozilgan?
© Copyright Got Questions Ministries