settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitobda masihiy otalar haqida nima deyilgan?

Javob


Muqaddas Kitobdagi eng buyuk amr: "Egangiz Xudoni butun qalbingiz bilan, jonu dilingiz bilan, butun vujudingiz bilan sevinglar" (Qonunlar 6:5). 2 oyatga qaytib, o'qiymiz: "Men sizlarga beradigan farmon va amrlarga o'zlaringiz, farzandlaringiz va nabiralaringiz, hammangiz rioya qilinglar. Bir umr Egangiz Xudodan qo'rqinglar, shunda umringiz uzoq bo'ladi." Qonunlar 6:5 dan keyingisini o'qiymiz, "Bugun men sizlarga bergan bu amrlarni yuragingizda saqlanglar. Bularni bolalaringizga ham o'rgatinglar. Uyda o'tirganda ham, yo'lda yurganda ham, yotganingizda ham, turganingizda ham shular haqida gapiringlar" (6-7 oyatlar).

Isroil tarixi shuni ko'rsatadiki, ota ruhiy rivojlanishi va farovonligi uchun o'z farzandlariga Xudoning yo'llari va so'zlarini o'rgatishlari kerak edi. Muqaddas Kitobning amrlariga bo'ysungan ota buni amalga oshiradi. Bu, bizni Hikmatlar 22:6 oyat yetaklaydi, "Bolani to'g'ri yo'lga solib tarbiyala, shunda qariganda ham yo'lidan adashmaydi." "Ta'lim berish" degan ibora, ota va onaning farzandiga beradigan birinchi ko'rsatmasi degan ma'noni anglatadi. Ta'lim berish bolalar uchun hayot tarzini tushuntirishga mo'ljallangan. Shunday qilib, bolaga erta ta'limini boshlash juda muhimdir.

Efesliklarga 6:4, otaga berilgan ko'rsatmalarning xulosasi bo'lib, salbiy va ijobiydir. "Ey otalar, farzandlaringizning g'ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta'lim–tarbiyasi bilan o'stiringlar." Ushbu oyatning salbiy qismi otaning farzandlarida zo'ravonlik, adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik yoki hokimiyatdan asossiz foydalanish bilan salbiy munosabatda bo'lmasligini ko'rsatadi. Bolaga nisbatan qo'pol, asossiz xatti-harakatlar faqat yurakdagi yovuzlikni tarbiyalashga yordam beradi. "G'ashiga tegish" so'zi, "achchiqlantirish, g'azablantirish, noto'g'ri yo'nalishga surish yoki qo'zg'atish" degan ma'noni anglatadi. Buning sababi — noto'g'ri ruh va noto'g'ri usullar – hukmdorlik hokimyatini, zo'rovonlik, ahmoqlik, qo'pollik, bag'ritoshlik, shafqatsiz talablar, keraksiz jamoatlar va xudbinlik bilan talab qilishdir. Bunday tahdid, noqulay ta'sirlarni keltirib chiqaradi, bolalarning mehrini susaytiradi, muqaddaslik istagini kamaytiradi va ota-onasini rozi qila olmasligini his qiladi. Dono ota-ona itoatli bo'lishni istaydi va bunga sevgi hamda yumshoqlik orqali erishadi.

Efesliklarga 6:4 oyatning ijobiy qismi keng qamrovli yo'nalishda ifodalangan: ularni o'rgatish, ularni tarbiyalash va Xudoning ko'rsatmalariga va yo'l-yo'rig'iga binoan hayot mobaynida ularning xulq-atvorini rivojlantirish. Bu ta'lim va intizomning butun jarayoni. "Ogohlantirish" so'zi bolaga kamchiliklar (konstruktiv) va majburiyatlar (mas'uliyat) haqida eslatish g'oyasini o'z ichiga oladi.

Masihiy ota — Xudoning qo'lidagi vositadir. Ta'lim va intizomning butun jarayoni, Xudo buyurgan va U boshqaradigan narsa bo'lishi kerak, shunda Uning kuchi bolalarning aqli, yuragi va vijdonlari bilan doimiy va bevosita aloqada bo'ladi. Ota hech qachon haqiqatni va vazifani aniqlash uchun eng oliy vakolat sifatida o'zini namoyon qilmasligi kerak. Faqat Xudoning hamma narsaga qodir bo'lgan o'qituvchi va hukmdor qilib, ta'lim maqsadlarida eng yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Martin Lyuter shunday dedi: "bola yaxshi harakat qilganda, unga berish uchun olma bilan birga turing." Intizom ehtiyotkorlik bilan va katta ibodat bilan doimiy ta'lim bilan amalga oshirilishi kerak. "Ta'lim" ning negizida jazo, intizom va Xudoning Kalomidan maslahat berilsa, u ham tanbeh, ham dalda beradi. "Ushbu buyruq Xudodan keladi, masihiylik tajribasi maktabida o'qitiladi va ota-onalar tomonidan — birinchi navbatda, otasi, shuningdek, uning rahbarligi ostida, onasi tomonidan boshqariladi. Masihiy intizom, bolalarni Xudoga hurmat, ota-ona hokimiyatiga hurmat, masihiy me'yorlari va o'zini o'zi boshqarish odatlarini bilib o'sishi uchun zarurdir.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda masihiy otalar haqida nima deyilgan?
© Copyright Got Questions Ministries