Iso qutqaradi degan so'z, nimani anglatadi?


Savol: Iso qutqaradi degan so'z, nimani anglatadi?

Javob:
"Iso qutqaradi", bugungi kunda avtomobil stikerlarida, sport tadbirlaridagi qalqonlarda va hatto kichik samolyotlar yordamida osmonda cho'zilgan bannerlarda uchraydigan juda mashhur bo'lgan shior. Afsuski, "Iso qutqaradi" iborasini ko'rganlarning ko'pchilik qismi, Uning ma'nosini to'g'ri va to'liq tushunadi. Bu ikki so'zda, katta kuch va haqiqat bor.

Iso qutqaradi, lekin Iso bu kim?
Ko'plab odamlar, Iso haqida 2000 yil oldin Isroilda yashagan odam edi, deb biladi. Deyarli dunyodagi har bir din, Isoni yaxshi o'qituvchi va/yoki payg'ambar deb hisoblaydi. Aslida bunday ta'rif Isoga nisbatan mutlaqo to'g'ri bo'lsa-da, Iso qanday qilib yoki nima uchun qutqarishini tushuntirmagani kabi, Iso aslida kim ekanligini, to'liq qamrab olmaydi. U, inson qiyofasida bo'lgan Xudo (Yuhanno 1:1, 14). U inson sifatida yerga kelgan, Xudo (1 Yuhanno 4:2). Xudo bizni qutqarish uchun Isoning shaxsida inson bo'ldi. Bu bizni quyidagi savolga olib keladi: nima uchun biz qutqarilishimiz kerak?

Iso qutqaradi, lekin nima uchun bizga najot kerak?
Muqaddas Kitobda aytilishicha, yashayotgan har bir kishi gunoh qilgan (Voiz 7:20; Rimliklarga 3:23). Gunoh qilish-Xudoning mukammal va muqaddas xarakteriga zid bo'lgan fikrlar, so'zlar yoki harakatlarda biror narsa qilish demakdir. Bizning gunohimiz tufayli, biz ilohiy hukmga loyiqmiz (Yuhanno 3:18, 36). Xudo mukammal darajada adolatli, shuning uchun U gunohni va yovuzlikni jazosiz qolishiga yo'l qo'ymaydi. Xudo cheksiz va abadiydir va barcha gunohlar Xudoga qarshi bo'lganligi uchun (Zabur 51:4) faqat cheksiz va abadiy jazo yetarli bo'ladi. Abadiy o'lim – gunoh uchun yagona adolatli jazo. Shuning uchun biz najotga muhtojmiz.

Iso qutqaradi, lekin U qanday qilib qutqaradi?
Biz abadiy Xudoga qarshi gunoh qilganimiz sababli, o'lik, cheklangan odam (biz) abadiy vaqt uchun gunohlarimizga to'lov to'lashimiz kerak yoki cheksiz shaxs (Iso) bizning gunohlarimiz uchun bir marta to'lov to'lashi kerak. Boshqa variantlar yo'q. Iso bizning o'rnimizga o'lishi orqali bizni qutqaradi. Iso Masihning shaxsida Xudo, biz uchun cheksiz va abadiy jazoni to'lashi orqali O'zini qurbon qildi (2 Korinfliklarga 5:21; 1 Yuhanno 2:2). Iso bizni dahshatli abadiy taqdirdan, gunohimizning adolatli oqibatlaridan qutqarish uchun bizga munosib jazo oldi. Uning buyuk sevgisi tufayli, Iso bizga hayotini berdi (Yuhanno 15:13), biz loyiq bo'lgan, lekin to'lay olmaydigan jazo uchun to'lov to'ladi. Uning o'limi haqiqatdan bizning gunohlarimiz uchun to'lashga yetarli ekanligini isbotlab, Iso tirildi (1 Korinfliklarga 15)

Iso qutqaradi, lekin U kimni qutqaradi?
Iso najot in'omini qabul qilgan hammani qutqaradi. Iso qurbonligini, gunohi uchun to'lov sifatida to'liq qabul qilganlarni Iso qutqaradi (Yuhanno 3:16; Havoriylar 16:31). Isoning qurbonligi butun insoniyatning gunohlari uchun to'lashga mutlaqo yetarli bo'lsa-da, U O'zining qimmatbaho sovg'asini shaxsan qabul qilganlarni qutqaradi (Yuhanno 1:12).

Agar siz endi, Iso qutqarishiga va Uni shaxsiy Najotkoringiz sifatida qabul qilmoqchi bo'lganingizni tushunsangiz, buni tushunib, Unga ishonganingizga ishonch hosil qiling va imon harakati sifatida Egamizga quyidagilarni ayting: "Xudoyim, men gunohkor ekanligimni bilaman va gunohim tufayli Sendan abadiy ajralishga loyiqman. Men bunga loyiq bo'lmasam ham, menga nisbatan sevging va Iso Masihning o'limi va tirilishi orqali gunohlarim uchun qurbonlik qilganingdan minnatdorman. Men, Iso mening gunohlarim uchun o'lganiga va faqat U meni qutqarishi mumkinligiga ishonaman. Shu paytdan boshlab gunoh uchun hayot kechirishning o'rniga, Sen uchun yashashga yordam bering. Menga bergan ajoyib najot uchun, hayotimning qolgan qismini minnatdorchilik bilan o'tkazishga yordam bering. Rahmat Senga Iso, menga bergan najoting uchun!"

Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso qutqaradi degan so'z, nimani anglatadi?