settings icon
share icon
Savol

Iso Masihning tirilishi rostmi?

Javob


Muqaddas Kitob, Iso Masih haqiqatdan o'liklardan tirilganligi haqida ishonarli dalillarni o'zida ko'rsatadi. Isoning tirilishi Matto 28:1-20; Mark 16:1-20; Luqo 24:1-53 va Yuhanno 20:1-21:25 oyatlarda yozilgan. Tirilgan Masih Havoriylar kitobida ham paydo bo'ldi (Havoriylar 1:1-11). Siz, ushbu oyatlarga ko'ra Masihning tirilishiga oid bir nechta "dalillar"ni olishingiz mumkin. Birinchidan, bu shogirdlarining fojeali o'zgarishi edi. Ular, qo'rqoq va yashiringan bir guruh odamlardan, butun dunyo bo'ylab Xushxabar tarqatadigan kuchli va jasur guvohlarga aylanishdi. Bu ajoyib o'zgarishlarni ularga qayta ko'ringan, tirilgan Masihdan boshqa nima tushuntirishi mumkin edi?

Ikkinchisi esa havoriy Pavlusning hayoti. Uni jamoat ta'qibchisiligidan jamoat havoriysi bo'lishiga nima majbur qildi? Bu, Damashq yo'lida tirilgan Masih unga zohir bo'lganda sodir bo'ldi (Havoriylar 9:1-6). Uchinchisi, ishonchli dalil, bu bo'sh qabrdir. Agar Masih tirilmagan bo'lsa, unda Uning tanasi qayerda? Shogirdlar va boshqalar U dafn qilingan qabrni ko'rgan edilar. Ular qaytib borishganida, Uning tanasi u yerda yo'q edi. Farishtalar, va'da qilganidek, Iso o'liklardan tirilgani haqida e'lon qildilar (Matto 28:5-7). To'rtinchidan, Uning tirilishiga qo'shimcha dalillar, U ularga zohir bo'lgan kishilardir (Matto 28:5, 9, 16-17; Mark 16:9; Luqo 24:13-35; Yuhanno 20:19, 24, 26-29, 21:1-14; Havoriylar 1:6-8; 1Korinfliklar 15:5-7).

Isoning tirilishiga yana bir isbot, havoriylarning Isoning tirilishiga bog'langani muhim ahamiyatga ega ekanligidir. Isoning tirilishi haqidagi kalit so'z 1 Korinfliklar 15 da berilgan. Bu bobda havoriy Pavlus Masihning tirilishiga tushunishimiz va unga ishonishimiz qanchalik muhim ekanini tushuntirib beradi. Tirilish quyidagi sabablarga ko'ra muhimdir: 1) Agar Masih o'likdan tirilmasa, unda imonli ham bo'lmaydi (1 Korinfliklarga 15:12-15). 2). Agar Masih o'likdan tirilmasa, gunoh uchun qurbonlik yetarli emas (1Korinfliklarga 15:16-19). Isoning tirilishi, Uning o'limi bizning gunohlarimizni yuvishi uchun Xudo tomonidan qabul qilinganligini isbotladi. Agar Iso oddiy o'lib va o'lgan holda qolgan bo'lsa, demak, Uning qurbonligi yetarli bo'lmasdi. Natijada, imonlilar o'z gunohlari uchun kechirilmaydilar va o'limdan keyin o'lik holda qoladilar (1 Korinfliklar 15:16-19). Abadiy hayot ham bo'lmas edi (Yuhanno 3:16). Vaholanki, Masih rostdan ham tirildi! U birinchi bo'lib tirildi, shu tariqa o'likdan tiriladiganlarning orasida hosilning ilk samarasiday bo'ldi (1 Korinfliklar 15:20). Nihoyat, Muqaddas Bitikda Iso Masihga ishonganlarning barchasi U bo'lgani kabi abadiy hayotda qayta tiriladilar (1 Korinfliklar 15:20-23).

Korinfliklarga birinchi maktubining 15 bobida, Masihning tirilishi, Uning gunoh ustidan g'alaba qozonishini va gunoh ustidan g'alaba qozonish qudratini bizga qanday qilib berishini tasvirlaydi (1 Korinfliklarga 15:24-34).

U bizni qabul qiladigan tirilish tanasining ajoyib tabiatini tasvirlaydi (1 Korinfliklarga 15:35-49). U Masihning tirilishi natijasida, Unga ishonganlarning hammasi o'lim ustidan butunlay g'alaba qozonishini e'lon qiladi (1 Korinfliklarga 15: 50-58).

Masihning tirilishi qanday ajoyib haqiqatdir! "Shuning uchun, ey, aziz birodarlarim, hech ikkilanmay, imoningizda mahkam turinglar. Hamisha Rabbimiz Isoga xizmat qilishga bag'ishlanib, yanada g'ayratli bo'linglar. Axir, Rabbimiz yo'lida qilgan mehnatingiz samarasiz qolmasligini bilasizlar–ku!" (1 Korinfliklar 15:58). Muqaddas Kitobga binoan, Iso Masihning tirilishi albatta haqiqatdir.

Muqaddas Kitobda, Masihning qayta tirilishi haqida, 400 dan ortiq kishi ko'rqani aytiladi va Isoning tirilishi haqidagi tarihiy haqiqat eng muhim masihiy ta'limotini qurishda davom etmoqda.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso Masihning tirilishi rostmi?
© Copyright Got Questions Ministries