settings icon
share icon
Savol

Iso Masihning ikkinchi kelishi nima?

Javob


Iso Masihning ikkinchi kelishi imonlilarning umididir, Xudo hamma narsani nazorat qiladi va U O'z so'zidagi va'dalar va bashoratlarga sodiqdir. Uning birinchi kelish vaqti, Iso Masih Baytlahmda oxurda chaqaloq bo'lib yer yuziga kelishi bashorat qilingan edi. Iso, O'z tug'ilishi, hayoti, xizmati, o'limi va tirilishi davrida Masih haqidagi ko'plab bashoratlarni amalga oshirdi. Biroq, Iso hali bajarmagan Masih haqidagi ba'zi bashoratlar mavjud. Masihning ikkinchi kelishi, bu bashoratlarni bajarishi uchun Masihning qaytishi bo'ladi. Uning birinchi kelishida, Iso azob chekayotgan xizmatkor bo'lgan edi. Ikkinchi marta kelganda, Iso g'olib-shoh bo'ladi. Birinchi kelishida, Iso eng oddiy sharoitlarda keldi. Ikkinchi kelishi paytida Iso samoviy qo'shinlari bilan birga keladi.

Eski Ahddagi payg'ambarlar bu ikkita voqea o'rtasidagi aniq farqni ko'rsatmadilar. Buni Ishayo 7:14, 9:6-7 va Zakariyo 14:4 da ko'rish mumkin. Ikkita shaxs haqida gapiradigan bashoratlar natijasida ko'plab yahudiy olimlari azob-uqubatli Masih va g'olib bo'luvchi Masih bo'lishiga ishonishgan. Ular faqat bitta Masih borligini va u ikkala rolni ham bajarishini tushunmadilar. Iso O'zining birinchi kelishida azob-uqubatli xizmatkor rolini o'ynadi (Ishayo bob 53). Iso ikkinchi marta kelishida qutqaruvchi va Isroil shohi rolini bajaradi. Zakariyo 12:10 va Vahiy 1:7 ga ikkinchi kelishi yozilgan, mixlangan Iso tomoniga qarang. Isroil va butun dunyo Masihni birinchi marta qabul qilmaganliklari uchun aza tutadilar.

Iso osmonga ko'tarilgach, farishtalar havoriylarga: "Ey Jalilaliklar! — dedi ular. — Nimaga osmonga qarab turibsizlar? Iso osmonga ko'tarilganini o'z ko'zingiz bilan ko'rdingizlar. U osmonga qanday ko'tarilgan bo'lsa, xuddi shunday qaytib keladi" (Havoriylar 1:11). Zakariyo 14:4 ikkinchi kelish joyini Zaytun tog'i sifatida belgilaydi. Matto 24:30 da shunday deydi: "O'shanda Inson O'g'lining alomati osmonda namoyon bo'ladi. Yer yuzidagi barcha qabilalar qayg'uradi. Shunda hamma odamlar Inson O'g'lini ko'radi. Inson O'g'li qudratga va buyuk ulug'vorlikka burkanib, bulutlarda keladi." Titus 2:13 da ikkinchi kelishni "ulig'vor hodisa" deb ta'riflaydi".

Ikkinchi kelish haqida Vahiy 19:11-16 da batafsil aytilgan: "Bundan keyin men osmonning ochilganini ko'rdim. U yerda bir oq ot turar edi. Ustidagi Chavandozni Sodiq va Haq, deb chaqirishardi. U odilona hukm chiqarib, jang qilardi. Uning ko'zlari otash alangasiday chaqnardi. Boshida ko'p tojlari bor edi. Peshanasiga esa O'zidan boshqa hech kim bilmaydigan bir ism yozilgandi. Egnidagi kiyimi qonga belangandi. Chavandozga "Xudoning Kalomi" deb nom berilgan edi. Oppoq, top–toza, mayin zig'ir libos kiygan samoviy qo'shinlar oq otlarda Chavandozga ergashib borishardi. Uning og'zidan o'tkir bir qilich chiqib turardi. U o'sha qilichi bilan xalqlarni mag'lub etadi, qo'lidagi temir xivchin bilan ularga hukmronlik qiladi. Qodir Xudoning qaynoq qahr–g'azabi chuquridagi uzumlarni bosib ezadi. Kiyimining son qismida: "SHOHLARNING SHOHI, HOKIMLARNING HOKIMIDIR", degan ism yozilgan."

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso Masihning ikkinchi kelishi nima?
© Copyright Got Questions Ministries