Qanday qilib men ruhiy hayotimda gunohni ustidan g’alaba qozonishim mumkin?




Savol: Qanday qilib men ruhiy hayotimda gunohni ustidan g’alaba qozonishim mumkin?

Javob:
Kalomda, bizlarning gunohli tabiatimiz ustidan g’alaba qozonish uchun kirish mumkin bo’lgan keyingiz vositalar , yozib chiqilgan:

1. Muqaddas Ruh – bu Xudodan bizlarga( O’zining jamoatiga) berilgan sovg’a, masihiy hayotimizda g’alabani olish uchun . Bashariy tabiatga qarshi turish va Ilohiy Ruh samaralari haqida Galatiyaliklar maktubi 5:16 – 25da yozilib chiqilgan. Bu matn bizlarni Ilohiy Ruh bilan yshab, Uning nazoratiga o’zimizni topshirishga undayapti. Bu bizlar Muqaddas Ruhning istaklariga darkor ergashimiz kerakligini bildiradi, o’zimizning tan xohshilarimizga emas.

Masihiyning hayotida Muqaddas Ruhning bo’lgan tasirini, Butrusning misolida osonlik bilan kuzatish mumkin. Muqaddas Ruhni olishdan oldin, Butrus Isodan uch marotaba yuz o’girdi, garchi o’limigacha Uning ketidan ergashaman deb, va’da bergan bo’lsa ham. Ellikchilar kuni Muqaddas Ruhga to’lganidan keyin, u ochiq va daddilik bilan yahudiylarga Iso haqida va’z, aytgan.

Ilohiy Ruh bilan yashaydigan inson, Uning istaklarini so’ndirmaslikka harakat qiladi ( “ Ruhning alangasini susaytirmanglar” – deb 1-chi Saloniklar 5:19da yozliganidek) va U bilan to’lib – toshishga intiladi ( Efesliklar 5:18-21). Qanday qilib inson Muqaddas Ruhga to’lishi mumkin? Avvalo, bu Eski Ahad vaqatlari bo’lgani kabi, Ilohiylik qaroriga bog’liq. O’shanda aniq bir vaziyatlarda Xudo, O’zi, insonlarni tanlagan, ularn zarur bo’lgan vazifani bajarishlari uchun, ruhga to’ldirib ( Ibtido 41:38; Chiqish 31:3; Sonlar 24:2; 1-chi Shohliklar 10:10). Efesliklar 5:18 – 21 va Kolosyaliklar 3:16chi matnlari shu haqida aytadiki, kim o’znini Xudoning Kalomi bilan to’ldirsa, U o’shalarni tanlaydi, bu shu fakt bilan tasdiqlanadiki u yerda yozib o’tilgan har bitta hodisalarning natijasi, bir hil bo’lgan. Shunday ko’rinish bilan, bu bizlarni keyingi vositaga olib boradi:

2. Xudoning Kalomi – Muqaddas Kitob. 2-chi Timutiy 3:16-17da aytilgan, Xudo bizlarga O’zinig Kalomini bergan “ har qanday yaxshi ishga” bizlarni tayyorlash uchun. Muqaddas Kitob bizlarga qanday yashash va nimaga ishonishni o’rgatadi, hatolarimizni ko’rsatadi, to’g’ri tanlov qilishda, to’g’ri yo’lni topishda va unda qolishda yordam beradi.

Ibroniylar 4:12da yozilganidek, Xudoning Kalomi jonli va ta’sirlidir, bizlarning yuraklarimizga, insonning aqli bo’yicha g’alaba qozonishni ilojisi yo’q degan, muammolarni uzub tashlash uchun, chuqur kirib boradi. Bu bizlarning hayotlarimizni o’zgartirishga qodir bo’lgan kuch,

Zabur 118:9, 11, 105da yozib chiqilgan va ko’p boshqa joylarda ham. Nabi Yasu ekiahd isroilliklar boshlig’iga, o’zlarining dushmanlarining ustidan g’alaba qozonish uchun ( bizlarning ruhiy kurashimizga o’xhash) u, bu vositani ertayu kech o’ylab chiqib, uning ko’rsatmalarini bajarish uchun, qo’llashi kerakligi, aytilgan. Xarbiy nuqtai nazardan bundan hech qanday ma’no yo’q edi, lekin Xudo unga, buyurgan bo’yicha ish tutib u jangda Va’da qilingan yer uchun, g’alabani qo’lga kiritdi.

Juda ko’p xollarda, biz bu usulni mensimaymiz. Bizlar Kalomni o’zimiz bilan jamoatga olib boirishni va har kuni tonggi ibodat vaqtida, undan o’qishni yetarlicha, deb hisoblaymiz. Lekin bizlar Xudoning Kalomini yodlamayapmiz, uning ustidan fikr yuritmayapmiz, uning haqiqatlarini hayotimizda qo’llamayapmiz, bizlarga u ochib bergan gunohlarimiz ustidan, e’tirof etmayapmiz va Xudoni, Uning in’omlari uchun ulug’lamayapmiz. Kalomga nisbatan bizlarning ko’pchiliklarimiz yoki anoreksiya bilan ( ishtaxa yo’qligi) yoki bulimiya bilan ( ochlik hissiyoti nenormal holatigacha ko’tarilishi) azoblanamiz. Yoki bizlar ruhiy mavjudligimizni ushlab turish uchun kerakligini qabul qilamiz yoki buni juda tez-tez qilib turamiz, hech qachon, masihiy hayot gullab - yashnab, sog’lom bo’lishi uchun, talab qilinadigan tarzda fikr yuritmay.

Bizlar darkor Xudoning Kalomini har kuni yodlash, uning ustidan fikr yuritish va bizlarning qalbimizga teggan misralarni yodlash, odatini chiqarishimiz kerak. Va yana sizlarga yon daftarchezdan, kundalik yoki kompyuterga kiritib olishingizni maslahat beraman. Har kuni u yerga, Kalomdan nimaga o’rganganingizni yozib borishga intiling. Bundan tashqari, men Xudoga bo’lgan o’zimning ibodatlarimni tez – tez yozib turaman, U menga hayotimdagi ko’rsatgan taraflarni, o’zgartirish uchun yordam berishini so’raganimda. Muqaddas Ruh bizlarning va boshqa odamlarning hayotida Kalomni qo’llaydi , Xudodan bizlarga ruhiy jang uchun berilgan “ qurolaslahalar” ning qismidek ishlatadi ( Efesliklar 6:12-18).

3.Ibodat - mana yana Xudodan bizlarga berilgan ta’sir ko’rsatadigan vositalardan biri. Va yana ko’pchilik masihiylar bundan oz foyda olib, uni faqat rasman qo’llab turishadi. Bizlar ibodat uchrashuvlarini, ibodat vaqtalarini o’tkazamiz, lekin undan Birinchi jamoatlardaqa ( Havoriylar 3:1; 4:31;6:4; 13:1-3 va boshqalar) misol bo’lgan foydalarni olmayapmiz. Pavlus, u kimga va’z aytgan bo’lsa, o’shalar uchun ibodat qilganini ko’p esga oladi. Bizlar esa o’zimiz - o’zimiz bilan yolg’iz qolganimizda ham bu buyuk bizlarga kirish mumkin bo’lgan vositani ishlatmaymiz, garchi Xudo ibodat masalasida ko’plab g’aroyib va’dalar bergan bo’lsa ham ( Matto7:7-11; Luqo 18:1-8; Yuhanno 6:23- 27; 1-chi Yuhanno 5: 14-15). Pavlus, shuningdek ruhiy jangga tayyorgarlik bo’lgan matn ibodatini, yodga solyapti ( Efesliklar 6:18).

Nima uchun ibodat muhim? Kelinglar Butrus va Isonining rad etilshidan oldin, Gefsimaniya bog’ida unga, aytgan so’zlarini eslaylik. O’sha yerda Iso ibodat qilayotganida, Butrus uxlayotgan edi. Iso uni uyg’otib, aytdi: “ Vasvasaga tushmaslik uchun hushyor bo’lib, ibodat qila turinglar. Ruh tetik, tana esa zaifdir” ( Matto 26:41). Mumkin qadar, sizlar ham Butrus kabi to’g’ri yo’l tutishni xohlaysiz, lekin o’zingizda kuch topaolmayapsiz. Buning uchun siz darxol Xudoning ko’rsatmalariga ergashingiz kerak - izlashni, taqillatishni, so’rashni davom ettirib….. va shunda U siz juda muhtoj bo’layotgan kuchni, sizga beradi ( Matto 7:7). Lekin bunga erishish uchun biz bu vositaga, shunchaki rasmiy hizmatdan ko’ra, ko’proq hizmat ajratib, qo’llashimiz kerak.

4. Ibodat xona – bu, biz ko’pincha yana e’tiborga olmaydigan oxirgi vosita. Iso, O’zining izdoshlarini va’z aytishga jo’natkanida, unda ularni ikkitadan qilib yuborgan ( Matto 10:1). Havoriylar kitobidan, missionerlar sayohatini o’qiganimizda, unda ular guruh bo’lib, ikkitadan va ko’proq bo’lib, sayohat qilishganini ko’ramiz. Iso: “ Qayerda ikki yoki uch kishi Mening nomim uchun yig’ilsa, Men shu yerda ularning o’rtasida bo’laman’ – deb aytdi ( Matto 18:20). U bizlarga birodarlar va Isoda bo’lgan opa - singillarni mensimasdan, birlashishini, bu vaqtni esa bir - birimizga sevgida va yaxshi ishlarda dalda berish uchun ishlatishni, buyurgan ( Ibroniylar 10:24-25). Shuningdek U bizlarga bir - birimizni oldimizda gunohlarimizdan iqror bo’lishimizni maslahat beryapti ( Yoqub 5:16). Eski Ahd dono matnlarida: “ Temir temirni o’tkirlaydi, inson esa do’stini” (Hikmatlar 27:17) va “ …..Uchta ipdan eshilgan arqonni uzish qiyindir” ( Voiz 4:11-12), - deb yozilgan.

Bir hilgi mening tanishlarim, masihiylik hayotlarini ular qanday o’tkizayotganini, vasvasalarga qarshi turayotganlarini bo’lishish uchun bir – birlari bilan suhbatlashishadi, shuningdek bir – birlariga ibodat qilib turish uchun va Xudoning Kalomini hayotlarida qo’llashilariga dalda berib turish uchun, uchrashib turishadi.

Ba’zida o’zgarishlar tez keladi. Boshqa sharoitlarda sekinroq sodir bo’lishi mumkin. Lekin Xudo va’da bergan - agar biz, U bergan vositalarni qo’llasak, U bizni hayotimizni o’zgartiradi. Ishoning – U har doim O’zining va’dalarini bajaradi!


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Qanday qilib men ruhiy hayotimda gunohni ustidan g’alaba qozonishim mumkin?