Masihiylar Eski Ahd buyruqlariga itoat qilishi kerakmi?




Savol: Masihiylar Eski Ahd buyruqlariga itoat qilishi kerakmi?

Javob:
Bu savolga javob shundaki, Eski Ahd qonunlari isroil millatiga berilgan edi, masihiylarga emas. Bir hilgi Qonunlar isroilliklarni itoatlikka va Xudo bilan yaxshi yashashni o’rgatkan( 10ta buyruqlar) boshqalari esa ulug’lashni o’rgatkan( qurbonlik keltirish tuzumi), bir hilgi qonunlar esa, isroilliklar boshqa halqlardan ajralib turishi uchun berilgan( ovqatlanish va kiyinish qoidalari). Eski Ahd qonunlari bizga tarqalmaydi. Iso xojda o’lganida, U Eski Ahd qonunlariga ohirat qo’ydi. ( Rimliklar maktubi 10:4; Galatiyaliklar maktubi 3: 23-25; Efesliklar maktubi 2:15).

Eski Ahd qonunlari o’rniga, bizlar Isoning qonunlari ostidamiz( Galatiyaliklar maktubi 6:2) “ Egang Xudovandni butun qalbing bilan, butun joning bilan va butun onging bilan sevgin.” Bu- birinchi va eng buyuk amr. Ikkinchisi esa shunga o’xshashdir: “ O’zgani o’zing kabi sevgin.” Butun Ilohiy Buyruq va payg’ambarlar oyatlarining hammasi ham mana shu ikki amrga tayanadi.( Matto 22: 37-40).

Agar bizlar mana shu ikki buyruqga itoat qilsak , Iso bizlardan faqat shuni xoxlaydi: “ Xudoni sevish- Uning amrlarini bajo keltirish demakdir. Xudoning amrlari esa og’ir emas.”(1-chi Yuhanno 5:13) O’zi o’nta buyruqlar masihiylarga qo’llanmaydi, lekin ulardan to’qiztasi Yangi Ahdda aytib o’tilyapti.( Shanbalik amridan tashqari) Albatta, agar bizlar Xudoni sevsak, boshqa xudolarni ulug’lamaymiz; o’z yaqinimizni sevsak, unga nisbatan yolg’on, o’ldirish yoki ko’ra olmaslik sodir etmaymiz. Shuning uchun, bizlar Eski Ahd qonunlari ostida bo’lmasak ham, biz Xudoni va o’z yaqinimizni sevishimiz kerak, agar bizlar shu ikki buyruqlarga ergashsak, hamma narsa o’z joy-joyiga turadi.


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihiylar Eski Ahd buyruqlariga itoat qilishi kerakmi?